Ayni kunlarda Ispaniyadan Ukrainagaça, Şotlandiyadan Şimoliy Italiyaga qadar kenglikda yoyilgan Yevropa Ittifoqida notaniş inqirozni kuzatiş mumkin. U ham bölsa etnik jamoalarning öz taqdirini mustaqil belgilaş borasida fikrini erkin ifoda etişidir. Şuningdek, bu mustaqillik sari qadam qöygan «davlatlar» demokratiya havosidan nafas olmasidan, «hududiy yaxlitlik» yuzasidan böğilmoqda.
Ana şunday ssenariy Bosniyada ham yuz bergandi. Xorijiy ekspertlar, siyosatşunos, tahlilçilar 1995 yildagi Bosniya uruşining taqdirini «içki portlaş bilan yakun»lanişini taxmin qilgan. 2002 va 2006 yillarda Bosniya «Oliy vakili» lavozimida faoliyat yuritgan ingliz siyosatçisi Peddi Eşdaun ham «mamlakatni separatizm kayfiyati qamrab olganidan xavfsirayotgani»ni bildirgan. Ammo bularning heç qaysi biri yuz bermadi. Nega?
Uruşda Bosniyada istiqomat qiluvçi serb, xorvat va musulmon bosniyaklar bir-biriga qarşilantirib qöyildi. Sobiq Yugoslaviya parçalangaç, mazkur davlat şakllanib, mustaqil siyosiy irodasini bildirişini e'lon qildi. Ayni paytda Serbiya va Xorvatiyaning har birida «Buyuk Serbiya», «Buyuk Xorvatiya» kabi tarixiy orzularini amalga oşiriş istagi uyğondi. Ammo uruş yakunida erişilgan kelişuv murakkab vaziyatdan mamlakat qanday ötib ketişi lozimligini körsatib berdi.
Unga köra, prezidentlar (ha, 3 nafar prezident) serb, xorvat va musulmon bosniyak millatiga mansub bölişi lozim va 8 oylik muhlatda boşqaruv Prezdium raisligi lavozimi ular orasida özgaradi. Mamlakat ikkita etnik omilga köra taşkil topgan birliklardan iborat, şuningdek, bitta Brcko avtonomiyasi ham mavjud.

Ikki ma'muriyatdan birida aholisining köpçiligi serblardan taşkil topgan Srpska bölsa, ikkinçisi bosniyak va xorvatlar ta'sirida bölgan Federatsiya hisoblanadi. Ana şu Federatsiyaning tarkibida 10ta kanton (mahalliy ma'muriy birlik) bölib, ularning har birini alohida Boş vazirlar boşqaradi. Bosniyada beşta prezident va juda köp Boş vazirni uçratiş mumkin, bu yurtda asosiysi lavozim va maqom emas. Şvetsariyada bölgani kabi, bu yurtda saylovlar taqsimot udumlariga tayanadi.
Ana şunday qiyin holatda, Bosniya va Gertsegovina öz mustaqilligi, hududiy yaxlitligini saqlab qolişga erişdi.











