Dunyodagi geosiyosiy keskinlik va moliyaviy beqarorlikka qaramasdan, sarmoyadorlar köçmas mulkka investitsiya kiritişdan boş tortişayotgani yöq. 2017 yilning 9 oyi mobaynida ular dunyodagi tijorat köçmas mulkiga 464 milliard dollar sarfladilar, deya xabar beradi «Vedomosti» gazetasi JLL kompaniyasi tahlilçilarining tadqiqotiga asoslanib.
Bu ötgan yilning xuddi şu davridagi körsatkiçdan 2 foizga köpdir. Şu bilan birga, uçinçi çorakda investitsiyalar hajmi özgarmadi va ötgan yil darajasida qoldi - 166 mlrd. dollar.
Investitsiya mablağlarining asosiy qismi Yevropa mintaqasiga töğri keldi, bu körsatkiç uçinçi çorakda 14 foizga ösib, 183 milliard dollarni taşkil etdi. Yevropada Germaniya va Hollandiya bozorlari yuqori dinamikaga ega. Bundan taşqari, Brexit’ning e'lon qilinişiga qaramay, Buyuk Britaniyada bitimlar hajmi uç çorakda 28%ga oşdi.
Osiyo-Tinç okeani mintaqasida yilning dastlabki uç çoragida ösiş 12 foizni taşkil etdi. Investitsion körsatkiçlarning ösişi Singapur va Hongkongda joylaşgan mahalliy sarmoyadorlar tomonidan barqaror talabni yuzaga keltirdi - yil boşidan buyon bitimlar 28 va 17 foizga oşdi.
Salbiy dinamika faqat Şimoliy va Janubiy Amerikada kuzatilgan. Bu yerda bitimlar hajmi uç çorakda 11 foizga kamaydi (184 mlrd. AQŞ dollarigaça). AQŞdagi faollik uç çorakdan beri pasaymoqda, ayni paytda mamlakat jahonda eng yirik investitsiya bozoriga ega: yil boşidan buyon jahon miqyosidagi amaliyotlar hajmining 44%i uning hissasiga töğri keldi. Mintaqaning «yorqin nuqtasi» Kanada bölib, uç çorakda investitsiyalar hajmi 31%ga oşdi va joriy davrda eng yuqori nuqtaga yetdi.
Investitsion bitimlar böyiça şaharlar reytingida birinçi örin Londonda – uç çorakda 26 mlrd. dollar. Ikkinçi poğonada Los-Anjyeles - 7,3 milliard dollar. Sarmoyadorlarning sobiq favoriti Nyu-York - uçinçi örinni egalladi (14,2 milliard dollar).












