Sony kompaniyasi çorşanba kuni Aibo it-robotining yangi versiyasini namoyiş qildi. Kompaniya ham robotning taşqi körinişiga, ham modelning tabiiy xatti-harakatlarga yaqinligiga asoslanmoqda: öyinçoq dumini likillatadi, töp ketidan quvadi va çeklangan darajada örganişga moyil. Bu haqida kompaniya saytida xabar berildi.

Ilk Aibo (Artificial Intelligence robot - sun'iy intellektli robot qisqartmasi)lar 1999 yilda paydo bölgan, biroq it-robotlarning işlab çiqarilişi 2006 yilda töxtatilgan, zero bozorda nisbatan arzon va iste'molçilar uçun qiziq muqobillar paydo bölgan.
Sony'ning yangi versiyadagi robotida "közlar" - turli hissiyotlarni ifodalay oluvçi ikki kiçik ekran böladi. Bundan taşqari, u tabassum qilişni biladi va qanday xatti-harakatlar ijobiy ta'sir qilişini eslab qolib, sohibining körsatmalariga binoan "şaxsi"ni özgartira oladi.

Kompaniya rahbari Kadzuo Xiraining Tokiodagi taqdimot marosimida ma'lum qilişiça, Aibo yanvar oyidan Yaponiyada sotuvga çiqadi, soliqlarni hisobga olmaganda, uning narxi 198 ming iyen (1740 dollar)ni taşkil qiladi.
Sony hozirça Aiböni robotlaştirilgan döst sifatida namoyiş qilmoqda. Biroz vaqt ötgaç, şaxsiy ilovaning yaratilişi uning imkoniyatlar kölamini kengaytirişi mumkin. Şunday bölsa-da, öyinçoqning Alexa (Amazon) va Google Home (Google) kabi aqlli uylarni boşqaruvçi qurilmalar bilan raqobatga kirişişi amri mahol.

Aibo öz egasining buyruğiga binoan suratga olişi yoki atrofdagi voqealarni tasvirga olişi mumkin, u şu tariqa öz ma'lumotlar bazasini yaratadi, keyinçalik robot egasi uşbu ma'lumotlarni maxsus ilovada közdan keçirişi mumkin böladi.
Aiböning bozorga çiqişi Sony'ning sun'iy intellekt va robotlaştiruvga bölgan qiziqişining kuçayişidan dalolat beradi, deb hisoblaşmoqda ekspertlar.













