Fan-texnika | 11:40 / 03.11.2017
22565
4 daqiqa o‘qiladi

70 yil ichida bir chaqirim: eng katta va foydasiz gidrosamolyot 

Foto: William Wilson Lewis III/AP

70 yil muqaddam dunyodagi eng katta gidrosamolyot Hughes H-4 Hercules birinchi va so‘nggi marta osmonga ko‘tarildi. Uchar kema milliarder, aviator, muhandis, prodyuser hamda rejissyor Hovard Hyuz tomonidan yaratilgandi. Mashhur rejissyor Martin Skorseze esa u haqida 2004 yilda bosh rolni Leonardo DiKaprio ijro etgan «Aviator» filmini suratga oldi.

Havo kemasining yagona nusxasi yelimlangan yog‘ochdan tayyorlangan bo‘lib, har birining quvvati 3000 ot kuchi bo‘lgan Pratt&Whitney sakkizta dvigateli bilan jihozlangan. Qanotlar uzunligi - 97,5 m. bo‘lib, 2017 yilning mayiga qadar eng katta sifatida e'tirof etilgan. Hercules Ikkinchi jahon urushi vaqtida transatlantik reyslar uchun transport samolyoti sifatida qurilgan, u o‘z bortiga minglab tonna yuk hamda yuzlab harbiy xizmatchilarni sig‘dirishi mumkin bo‘lgan. Biroq layner faqatgina 1947 yilda qurib bitkazildi va Amerika armiyasining unga qiziqishi ham ma'lum sabablarga ko‘ra so‘ndi. 1947 yilning 2 noyabr kuni Hyuz samolyoti yagona parvozini amalga oshirdi – Los-Anjyeles qirg‘oqlari bo‘ylab 21 metr balandlikda taxminan 1,6 kilometr masofani uchib o‘tdi.

Uning yaratuvchisi 1976 yilga, ya'ni hayotdan ko‘z yumishiga qadar samolyotni ishchi holatda saqlab turgan va har oyda dvigatellarni yoqib-o‘chirgan. Shu sababdan unga berilgan laqab - Spruce Goose so‘z birikmasi foydasiz, biroq juda qimmat narsani anglatuvchi «oq fil» idiomasining sinonimiga aylandi. Ayni damda samolyot Oregon shtatidagi Evergreen International Aviation muzeyida saqlanmoqda, har yili eksponatni taxminan 300 ming sayyoh kelib ko‘radi. Quyida mashhur yog‘ochli uchar laynerning bir qator fotosuratlari taqdim etiladi.

Foto: AP

Hughes H-4 Hercules o‘zining yagona parvozi vaqtida, 1947 yil 2 noyabr

Foto: Mark J. Terrill/AP

Hughes H-4 Hercules Kaliforniyada, 1992 yilning iyuli

Foto: AP

Hovard Hyuz Hughes H-4 Hercules shturvalida, 1947 yil 31 oktabr

Foto: 20th Century Fox/Rockstar Games/Hanna-Barbera

Hughes H-4 Hercules «Simpsonlar» seriyasi (2005), L.A. Noire kompyuter o‘yini (2011), yig‘iluvchi model ko‘rinishida va Yoga ayiqchasi to‘g‘risidagi multfilmda (1987)

Foto: Miramax Films

Leonardo DiKaprio va Keyt Bekinseyl Martin Skorsezening Hovard Hyuz haqidagi «Aviator» filmida (2004)

Foto: AP

Hughes H-4 Hercules, 1947 yil

Foto: FAA/San Diego Air and Space Museum

Hughes H-4 Hercules Los-Anjyeles bandargohida, 1982 yil. Orqa planda - RMS Queen Mary transatlantik layneri

Foto: Wally Fong/AP

Hughes H-4 Hercules Kaliforniya shtati Kalver-Sitidagi fabrikada qurilmoqda, 1945 yil iyuli

Foto: John T. Burns/AP

Hovard Hyuz Hughes H-4 Hercules bortida, 1947 yil 31 oktabr

Foto: AP

Hughes H-4 Hercules fyuzelyaji Oregon shtatiga olib ketilishdan avval, 1992 yil oktabri

Foto: William Wilson Lewis III/AP

Mavzuga oid