Forbes 2007 yilda ilk marta sport brendlari reytingini tuzgan edi. Öşanda 5,6 milliard dollarga baholangan Nike biznes-reytingda ikkinçi örinni egallagandi, Amerika kompaniyasining jahon krossovkalar bozoridagi uluşi esa 31 foizni taşkil qilgan - bu Adidas, Puma va Reebok uluşlarini qöşib hisoblaganda ham köp, demakdir. Öşandan buyon inflyatsiyani hisobga olganda, brend deyarli 4 karra qimmatlaşdi (hozirda Forbes uni 29,6 milliard dollarga baholamoqda) va sanoatda mutlaq yetakçiga aylandi. 2017-yilgi reytingda ikkinçi örinni egallagan ESPN (15,8 milliard dollar) ikkinçi yil ketma-ket obunaçilarini yöqotmoqda, bu uning daromadi va brend bahosiga salbiy ta'sir körsatadi. Nike'ning sport ekipirovkasidagi asosiy raqibi hisoblangan Adidas kompaniyasi bir yil içida öz brendi bahosini 12,9 foizga kötardi - bunga asosan Kane Uest poyabzal lineykasining katta muvaffaqiyati sabab böldi. Forbes sport brend-reytingining ikkinçi qismiga doir ma'lumotlarini taqdim etdi (birinçi qismi sport hodisalariga oid bölgan). 

1. Nike

Foto: Getty Images 

Brend qiymati: 29,6 milliard dollar 
Yil davomidagi dinamikasi: +9,6 foiz

2017 yilning ilk sakkiz oyida Nike kompaniyasining Amerika krossovkalar bozoridagi dollardagi uluşi 39 foizdan 37 foizga qisqardi. Şunday bölsa-da, u hanuz eng yirik natijani qayd etmoqda, bu esa kompaniyaga sohaning mutlaq yetakçisi bölib qoliş imkonini bermoqda.

2. ESPN

Foto: Ralph Notaro/Getty Images 

Brend qiymati: 15,8 milliard dollar
Yillik dinamikasi: –4,2 foiz

2017 yilda ESPN'ga obuna bölgan uy xöjaliklari soni 2015 yilga nisbatan 7,4 foizga kamaydi. Telekanalning Walt Disney korporatsiyasi daromadlariga qöşgan hissasi 20 foizga yaqinlaşmoqda, bir neça yil ilgari esa uçdan bir qismidan köproqni taşkil qilgan.

3. Adidas