Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevning Toshkentga tashrifi doirasida, 2017 yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy banki hamda «Vneshekonombank» o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv imzolandi.

Kelishuv O‘zbekiston Respublikasida energetika sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun Milliy bankka 10 yilgacha bo‘lgan muddatga 250 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan kredit liniyalarini ochishni nazarda tutadi. Bu Rossiyaning yuqori texnologiyali energiya uskunalarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Loyihalar orasida «Sirdaryo IES energobloklarining modernizatsiyasi» va «Farhod GES» UK modernizatsiyasi» kabilar bor.

Ushbu kelishuvga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga joriy yilning 4-5 aprel kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishildi.