Mamlakatda ayollar huquqi bilan boğliq bir neçta xalqaro konvensiya, bitim va şartnomalar imzolanganki, bularning barçasi jamiyatda ayollar mavqeini yuksak darajaga kötariş yölida taşlangan öta muhim qadam hisoblanadi.

Uşbu xalqaro hujjatlarda ayolning mamlakat ravnaqi, jamiyat va oila taraqqiyotidagi roli e'tirof etilib, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va şaxsiy huquq hamda erkinliklardan foydalanişda erkaklar bilan tengligini ta'minlaş, xotin-qizlar manfaatlarining kamsitilişi va huquqlari çeklanişiga yöl qöymaslik talabi ilgari surilgan. Xususan, xotin-qizlar mehnatidan foydalanişni töğri yölga qöyiş, ularni işga qabul qiliş vaqtida çeklaşlarga yöl qöymaslik, homilador, yoş bolali ayollarga berilgan imtiyoz va huquqlar esa Mehnat kodeksida öz aksini topgan.

Özbekiston Respublikasida ayollarni erga tegişli majburlaş yoki boşqa ğarazli maqsadlarda foydalaniş uçun sotiş, xörlaş, zörlab nomusiga tegiş va boşqa konstitutsiyaviy huquqlarini poymol qilişga qaratilgan har qanday harakatlar uçun Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy javobgarlik belgilangan.

Bugun uy-rözğor yumuşlaridan taşqari, farzandlarining tarbiyasiga ham vaqt topayotgan, şu asnoda, özini zamonga moslab yaşayotgan opa-singillarimiz bilan har qança faxrlansak arziydi. Ular el işonçiga, yurt ardoğiga sazovor bölişayapti. Afsuski, ular qatorida yana şundaylari ham borki, bundaylar ayol nomiga doğ tuşirib, qinğir işlarga qöl urmoqdalar. Oxir-oqibat esa sudning qora kursisidan joy olişmoqda.

Jamiyatda inson yanglişişi, xato qilişi mumkin. Aqli raso odam uşbu xatosi qonuniy jazoga sabab bölsa, bundan öziga tegişli xulosa çiqaradi. Jamiyatda xato qilib, keyin töğri yölga tuşib olganlar talaygina. Qolaversa, “oğzi kuygan qatiqni ham puflab içadi” degan gap ham bor. Biroq bir neça marotaba “oğzi kuygani”ga qaramay, jinoyat ustiga jinoyat sodir etayotganlar ham oramizda uçrab turibdi.

“Huquq” gazetasining yozişiça, Sanam Ismatova (ism-familiyalar özgartirilgan)ning yoşi 45 dan oşgan bölsa-da, özini töğri yölga solmadi. U ötgan yilning mart oyida bir guruh şaxslar bilan til biriktiradi (jinoyat işining ularga nisbatan qismi alohida iş yurituvga ajratilgan). Rejaga köra, guruh a'zolari fohişaxona taşkil qilişni maqsad qilişadi va iş topib beriş bahonasida ikki nafar ayolni aldab, Toşkent şahriga olib kelişadi. Ularni bir xonaga qamab, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarini olib qöyişadi-da, mijozlarga “pullaş” harakatiga tuşişadi. Şukrki, S.Ismatova boşçiligidagi jinoiy guruh a'zolari maqsadlariga yetolmadilar. Ayollarni mijozlar qöliga topşirayotganlarida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olindi.