Şarqiy Afrikada joylaşgan Uganda davlatida umrbod prezidentlikni qonunlaştirişga tayyorgarlik körilmoqda. Mahalliy parlament 75 yoşdan kattalarga prezidentlik saylovlarida iştirok etişga taqiqlovni bekor qilmoqçi. Bu esa amaldagi prezident, 73 yoşli Yoveri Museveni 2021 yilda oltinçi marotaba prezidentlik saylovlarida iştirok etişi mumkinligini anglatadi.

Uşbu qonun loyihasi qabul qilinişi ehtimoli yuqori, çunki parlament prezident tarafdorlari tomondan nazorat qilinadi. Biroq hukumat şunga qaramay, ehtiyotini qilib, deputatlarga oçiqçasiga pullar bera boşlagan. Har bir deputatning hisob raqamiga göyoki “qonunga tuzatmalarni saylovçilar bilan muhokama qiliş” uçun 29 mln şilling (8 ming dollar) ötkazib berilgan. Bu pullarni qaytarib bergan bir neça muxolif deputatlarning aytişiça, bu poradan bölak narsa emas.