«Marsel» himoyaçisi Patris Evra Yevropa Ligasining 4-turi doirasida «Vitoriya Gimaraynş»ga qarşi uçraşuv boşlanmasidanoq qizil kartoçka oldi.
L'Equipe naşri jurnalisti tvitterda ma'lum qilişiça, jamoalar çigalyozdi maşğulotlari ötkazayotgan vaqtda maydon çetidagi muxlislar Patrisni haqoratlay boşlaşgan. Futbolçi yarim soatga yaqin vaqt bunga e'tibor qilmaslikka uringan, ammo özini haqoratlayotganlar tomonga qarab çopgan. Futbolçi muxlislardan birining boşiga çap oyoği bilan zarba bergan. U zayavkaga kiritilgan futbolçilar safida bölgani bois, fransuzlar jamoasi öyinni 10 kişi bölib boşlagan. Jamoa 80-daqiqada gol ötkazib yubordi va mağlub böldi. Qolaversa, öyin oxirida jamoa darvozaboni Stiv Mandanda ham qizil kartoçka olib maydonni tark etdi.
Evra — Yevropa Ligasi tarixida hakam huştagi çalinişidan oldin qizil kartoçka olgan ilk futbolçiga aylandi.
Bu harakati bilan u «Mançester Yunayted»ning afsonaviy futbolçilaridan biri Erik Kantonani eslatib yubordi. 1995 yili fransiyalik bu futbolçi «Kristal Pelas»ga qarşi öyinda maydonni tark etiş asnosida özini haqoratlagan raqib jamoa muxlisiga kung-fu usulida zarba bergandi.












