Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Fatu Bensudaning aytişiça, u amerikalik va britaniyalik harbiylarning 2002 yildan şu kungaça Afğonistondagi xatti-harakatlari böyiça tergov boşlanişiga erişmoqçi. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda.
Bensudaning ta'kidlaşiça, unda askarlar va zobitlar harbiy va insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etganlariga jiddiy isbotlarga ega.
2016 yil 1 noyabrda XJS prokuraturasi amerikalik harbiylarning 2003 yildan 2005 yilgaça Afğonistonda mahbuslarga nisbatan öz mavqelarini suistemol qilişlari mumkinligiga bir neça marotaba e'tibor qaratgani ma'lum qilingan.
XJS ilk doimiy xalqaro jinoiy adliya organi bölib, uning vakolatiga genotsid, harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarşi jinoyatlarga javobgar şaxslarni jinoiy ta'qib qiliş kiradi. 1998 yilda qabul qilingan Rim maqomiga asosan ta'sis etilgan. Rasman 2002 yil 1 iyuldan öz işini boşlagan.












