Ispaniya çempionati 11-tur start oliş arafasida. «Tribuna» turning asosiy intrigalariga e'tibor qaratadi.
Messi «Barselona» safida 600-uçraşuvni ötkazadi

Turning markaziy uçraşuvi Kataloniyada, «Kamp Nou» öyingohida bölib ötadi. «Barselona» hafta boşida Gretsiyada, «Olimpiakos»ga qarşi öyinda qayd etilgan natijani (0:0) unuttiriş uçun muxlislari köz öngida «Sevilya»ni mağlubiyatga uçratişi talab etiladi. Keçaning asosiy yulduzi Lionel Messi şu kuni «Barsa» safida 600-uçraşuvda maydonga tuşişi kutilmoqda. Andalusiyaliklar jamoasi argentinalik bu futbolçining sevimli klubi hisoblanadi - u Ispaniyada eng köp golini şu jamoa darvozasiga yöllagan (29ta). Bu borada ikkinçi örinda «Atletiko» (27), uçinçi va törtinçi örinlarda «Real» hamda «Valensiya» jamoalari (24). Mehmonlar jamoasi ötgan oy boşidagi inqirozdan endi çiqib kelmoqda, jamoa ötgan turda «Leganes»ni mağlub etib, Ispaniya çempionatidagi ahvolini, YeÇLning ötgan turida esa «Spartak»ni mağlub etib, guruhdagi vaziyatni yaxşilab oldi.
Şu bilan birgalikda, «Sevilya» kataloniyaliklar jamoasi ustozi Ernesto Valverde uçun noqulay raqib. Şanba kungi öyin uning uçun «Sevilya»ga qarşi yigirmançi öyin böladi. U öz faoliyatida bu jamoaga qarşi juda yomon statistika qayd etgan: şu vaqtgaça turli jamoalar boşqaruvida ötkazilgan 19 öyinda 8 ğalaba, bir durang va 10 mağlubiyat. Yana bir e'tiborli jihat, Ernesto futbolçiligida «Barselona» safida ilk golini «Sevilya» darvozasiga yöllagan.
«Real» «Las Palmas»ni «toptap taşlaydi»mi?

«Qirollik klubi» oğir davrni boşdan keçirmoqda. Ispaniya çempionati startidagi 10 turda ikki mağlubiyat qayd etildi va jamoa «Barselona»dan 8 oçkoga ortda qolib ketdi. Zidan şogirdlari juda kam gol urmoqda - 10 öyinda 19ta gol. Jamoaning eng yaxşi töpurari 3tadan gol urgan Marko Asensio va Isko bölib turibdi. Öyingaça Garet Beyl safga qaytişi kutilmoqda. Balki aynan u «qaymoqranglilar»ning omadsiz davrini yakunlab berar?
«Las-Palmas» jiddiy qarşilik körsatişini kutiş qiyin. Jamoa turnir jadvalida oxirgi örinlarda bormoqda. «Real» esa «Santyago Bernabeu»dagi öyinlarda köproq oçko yöqotmoqda: 2 ğalaba, 2 durang va 1 mağlubiyat. Lekin orol jamoasi sentabr oyidan buyon ğalaba nimaligini bilmagan: 6 mağlubiyat. Yakşanba kuni bölib ötadigan öyinda «Las-Palmas» qatorasiga 7 mağlubiyat qayd etgan jamoalar qatoriga qöşilişi haqiqatga yaqin. Madridliklar esa çempionlik poygasiga qaytiş uçun ğalaba qozonişi, yirik hisobda ğalaba qozonişi kerak.












