Apple rahbari Tim Kuk iPhone X’ni pulini bölib tölaş yöli bilan sotib oliş har kuni bir finjon qahva sotib olişdek gap, deb aytdi. U bu haqda investorlar bilan konferents-aloqa vaqtida aytgan.
Kuk yangi smartfon qimmat turişini tan olgan, biroq köpçilik uni pulini bölib tölaş yöli bilan sotib olayotganini eslatib ötdi.
Uning aytişiça, ming dollarga yaqin turadigan iPhone X uçun bölib-bölib pul tölaş “eng qimmat qahvaxonalardan birida bir finjon qahva narxidan ham arzonga tuşişini” aytgan.
“iPhone’ni yangilaş dasturiga köra eng qimmat iPhone uçun har oylik tölov 56 dollarni taşkil qiladi. Bu esa kuniga 2 dollardan kamroq deganidir. Vaholanki, Nyu-Yorkda lattening (qahva içimligi turi) narxi 4 dollarni taşkil qiladi”, deb aytgan Kuk.
Şu tariqa, Kukning aytişiça, öziga bir finjon qahva sotib olişga ijozat beruvçi istalgan odam iPhone X sotib olişga qodir.












