Bitkoin ösişda davom etmoqda: u ikki hafta içida deyarli 1500 dollarga qimmatlagan.

20 oktabrda uning qiymati 6 ming dollardan oşgandi. Ikki hafta ötgaç esa kriptovalyuta deyarli 25 foizga qimmatlaşib, 3 noyabrda uning eng maksimal kursi 7461 dollarni taşkil qilgan. 

Foto: hi-tech.mail.ru

Bitkoin sentabr örtalaridan beri sekin-asta qimmatlaşib bormoqda. Öşanda kriptovalyuta Xitoyda çeklangandan keyin kursi maksimal pasayişni qayd qilgan. Öşandan keyin bitkoin qiymati 500 dollardan köproqqa pasaymagan.

Kriptovalyutalar bozorining umumiy qiymati 200 mlrd dollarga yetgan. Bu haqda 1254 ta kriptovalyuta iştirokidagi savdo operatsiyalari bilan boğliq vaziyatni kuzatib boruvçi Coinmarketcap sayti ma'lum qilgan.

Sayt ma'lumotlariga köra, bu bozorning qiymati 200 313 439  618 dollarni taşkil qilmoqda. Bu körsatkiçga erişişda salmoqli hissani bitkoinlar qöşgan, ularning umumiy qiymati 124 mlrd dollardan oşgan.