Farğona viloyatining Oltiariq va Rişton tumani çegarasida Qayrağoç QFY bor. Bu yerdagilar özining dehqonçiligi, noyob qişloq xöjalik mahsulotlari bilan elda e'tibor topgan kişilardan. Mirzarahmon aka Bannopov uzoq yillar davomida viloyat rivoji uçun hissa qöşgan insonlardan. 2015 yilda nafaqaga çiqib dehqonçilikni yölga qöydi. Har doim noodatiy mahsulotlar östiriş va ularni parvariş qiliş maqsadida bölgan mehnat faxriysi Yaponiyadan oq turp uruğlarini olib kelib yerga qadadi.
Aytiş joizki, yapon turpi takroriy ekin sanaladi. Takroriy ekin joylaştirilgan maydonlar esa yanada madaniylaştiriladi, yerga qayta işlov beriş orqali begona ötlar yöqotilib, tuproq unumdorligi ortadi. Eng asosiysi, aholimizni yil davomida vitaminlarga boy oq turp bilan ta'minlaş imkoniyati vujudga keladi.

Boşqa sabzavotlarda mavjud bölmagan öziga xos ta'miga qarab, köp taomlarga qöşimça salatga qöşib iste'mol qilinadi. Yapon turpi tarkibida uglevodlar, fermentlar, vitaminlar, efir moylari bor. Ildizmevasida 90% gaça suv, şuningdek, qand, biriktiruvçi modda, uning fitonsid va bakteritsid xususiyatlarini belgilovçi oltingugurtli moddalar, kislotalar, natriy tuzi, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir, aminokislotalar va boşqalar bor. Yapon turpi özining tarkibiga köra qiş faslida, bahor boşlanişida, xalqimiz "ilik uzildi" deb ataydigan kunlarda, organizmda yetişmayotgan vitaminlar va mineral tuzlar örnini töldirişda juda foydalidir. U mikroblarga qarşi kuraşuvçan kuçli xususiyatlarga ega.

Mirzarahmon Bannopov ayni vaqtda 60 yoşni qarşilagan. Ammo hamon uni kuç-quvvat, mehnatsevarlik tark etgani yöq. Bunday deyişimiz bejiz emas. Qahramonimiz har yili 30 sotixlik tomorqasida karam ham ekadi. Hamqişloqlarining gap-sözlariga qaraganda, bir yili u yetiştirgan bir dona karam 25 kilogramm toş bosgan ekan.

Iş bilganga ming tanga, degan gap bor. Qayrağoçliklar buni birgina tomorqaçilik misolida isbotlaşmoqda. Şuning hisobidan kimdir yangi maşina sotib olyapti, kimdir imorat qurayapti. Yana kim uçundir bu asosiy daromad manbai bölsa, boşqalarning oilaviy byudjyetiga qöşimça foyda keltiryapti. Yana bir tomoni, tomorqadagi mehnat oilada voyaga yetayotgan farzandlar ongida tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişga xizmat qiladi. Yoş bola ketmonga yoki boşqa iş quroliga qöl tekkizadimi, hayotda qiyinçilikka uçramaydi, halol işlaş va yaşaşga harakat qiladi.












