AQŞning elektrmobillar işlab çiqariş böyiça kompaniyasi asosçisi Ilon Mask Tesla kotirovkalarining pasayişi tufayli davlatining 4 foizidan mahrum böldi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Naşr ekspertlarining xabar qilişiça, Mask davlatining 4 foizini yöqotgan, pulga çaqqanda esa bu summa 800 mln. AQŞ dollarini taşkil etmoqda. Milliarderning barça boyligi 19,1 mlrd. dollarga baholandi.
Avvalroq AQŞning elektrmobillar işlab çiqaruvçi kompaniyasi 2017 yilning uçinçi çoragi yakunlari böyiça öz tarixidagi rekord yöqotişlarga uçragani xabar qilingandi. Ilon Mask kompaniyasining iyul-sentabr oylaridagi toza zarari 619 mln. dollarni taşkil etdi. Bu davrda daromad 22 mln. dollarga teng böldi.












