Moskva şahrining Tver sudi muxolifatçi Aleksey Navalniyning Rossiya prezidenti Vladimir Putin ustidan topşirgan ma'muriy arzini röyxatdan ötkazdi. Sud matbuot kotibi Anastasiya Dzyurkoning ma'lum qilişiça, arzda “Putinning “noqonuniy xatti-harakatlari va harakatsizligi tan olinişi” talab qilingan. Arz hozirça körib çiqilişga qabul qilinmagan. 

1 noyabrda Navalniy Rossiyaning turli şaharlarida namoyişlar ötkazilişi böyiça kelişişdan boş tortayotgan mahalliy hukumatlar yuzasidan Putinni sudga bermoqçiligini aytgan. “Guvoh amaldorlarni söroq qilişni talab qilamiz. Bu noqonuniy körsatmalarni şaxsan Putinning özi bergan, çunki boşqa heç kim buni qila olmaydi”, deb ma'lum qilgan Navalniy.

U namoyişlar ötkazilişini muvofiqlaştirib oliş rad etilişi yuzasidan namoyişlarni xususiy mulkdorlarga tegişli hududlarda ötkazişga qaror qilgan. Misol uçun, 29 oktabrda Tambovdagi namoyiş mahalliy tadbirkor taqdim qilgan, savdo markazi yonidagi maydonçada ötgan. Xuddi şu yöl bilan 4 noyabrda Irkutskda ham namoyiş ötkazilmoqçi.