Kelib çiqişi özbekistonlik bölgan Sayfullo Soipov Manxettenda terakt amalga oşirgandan keyin Nyu-Jyersi ştatidagi ikkita islom markazi öz nomiga tahdidlar bildirilgan telefon qönğiroqlari olgan.
Jumladan, Passaik şahridagi islom markaziga kamida 8 ta şunday qönğiroq kelib tuşgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, Soipov muntazam ravişda taşrif buyurib yurgan Paterson şahridagi islom markaziga ham bir qator tahdidlar bildirilgan.
31 oktabrda 29 yoşli Soipov Nyu-Yorkning Manxetten tumanida yuk maşinasida velosipedlarda yurişga möljallangan yölkaga çiqib, odamlarni bosa boşlagan. Oqibatda 8 kişi, jumladan 5 nafar argentinalik va bir nafar belgiyalik sayyoh hamda 2 nafar amerikalik halok bölgan, 10 dan köproq odam jarohat olgan. Prokuratura Soipovga qarşi IŞIDni qöllab-quvvatlaş va transport vositasini qotillik sodir etiş va vayronalar keltirib çiqarişda qöllaş ayblovlarini qöygan.














