Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda yuz bergan ko‘chki oqibatida 8 bola halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Garday qishlog‘ida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida sakkiz bola halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohatlandi. Bu haqda AR pokistonlik amaldorga tayangan holda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea Bajor qabilalar mintaqasida sodir bo‘ldi. Hodisa yuz bergan paytda bolalar uylarini mustahkamlash uchun tuproqni yig‘ishayotgan bo‘lgan. Yetti nafar qiz va bir o‘g‘il bola halok bo‘ldi, yana ikki qiz qutqarildi. Bolalar 8 dan 10 yoshgacha bo‘lganlar.
Mahalliy rasmiy Arif Xonning qo‘shimcha qilishicha, qutqaruvchilar uzoq vaqt davomida bolalarni tuproq tagidan chiqarib olish uchun amaliyotni o‘tkazishgan.
Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026