2017 yil 3 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi örtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda Madaniyat vazirligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi markaziy apparat xodimlari, OAV vakillari iştirok etdi.
Mazkur davra suhbatini madaniyat vaziri B.Sayfullayev kiriş sözi bilan samimiy oçib berdi, madaniyat va san'at sohasida islohotlarni rivojlantiriş ma'naviy-ma'rifiy tarğibot tizimini yölga qöyişning asosiy tamoyillaridan biri ekanligini alohida ta'kidladi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari A.Qodirov uşbu Memorandumda körsatib ötilgan barça hamkorlikdagi işlar yuzasidan takliflar bildirdi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Madaniyat vazirligi örtasida tuzilgan bu hamkorlik asosida teatr san'ati, milliy va zamonaviy qöşiqçilik, raqs san'ati hamda teleradiokanallarda efirga uzatiladigan qöşiq va kliplarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizning san'at saroylarida taqdim etiladigan konsert dasturlarining özbek milliy ma'naviyatini yuksaltirişga qöşayotgan hissasini oşirişga qaratilgan tarğibot işlari, ijodkorlarning faoliyati, kiyiniş madaniyati, sahnada özini tutişi, imidji, muomala madaniyatini nazoratga olişni közda tutuvçi hamkorlik işlari, ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy tarbiya masalalarida keng kölamli faoliyat olib boriş nazarda tutilgan.












