Sönggi vaqtlarda kelajakda qator faoliyat sohalarini sun'iy intellekt boşqaruvi ostidagi robotlarga "topşirilişi" mumkinligi haqida köp gapirilmoqda. Avtomatlaştirilgan işlab çiqariş u qadar xavotir uyğotmasa-da, fuqarolarning erkinligiga boğliq xizmatlar sohalari borasida bunday deb bölmaydi. Masalan, yaqinda Kembrij talabalari tomonidan yaratilgan CaseCruncher Alpha algoritmi yuristlik vazifasini Tumanli albionning top-advokatlaridan-da yaxşi uddaladi.
CaseCruncher Alpha roboti Kembrij universitetining yuridik fakultetida ta'lim oluvçi uç talaba - Jozef Marusak, Rebekka Agliolo va Lyudvig Bull tomonidan işlab çiqilgan.
Algoritm aslida ilğor neyrotarmoqlarga asoslangan çat-bot hisoblanadi. Çat-bot dastlab faqat yuridik yönalişdagi savollarga javob bergan, biroq vaqt ötgaç, u sud jarayonlarining nima bilan tugaşini oldindan taxmin qila oladigan darajaga keltirilgan.
Next Web naşrida xabar berilgan noyob tajribaga köra, Londonning eng yetuk 100 nafar yuristi va CaseCruncher Alpha robotiga bir xil vazifa yuklandi - ularga suğurta tölovlariga doir 775 bahsli iş topşirildi, har bir jamoa bu işlardan qaysilarini moliyaviy ombudsmen hal qilişi va qaysilari yakuniy xulosasiz qolişini imkon qadar aniq topişi kerak bölgan. Oxir-oqibat yuristlar taxmini - 66,3 foiz holatda, sun'iy intellekt prognozlari esa 86,6 foiz holatda sudyaning qaroriga muvofiq kelgan.
Şunday ekan, savol tuğiladi: sun'iy intellekt algoritmlari bunday işlarni odamlardan yaxşi uddalasa va ularning xizmati arzonroqqa tuşsa, u holda yuqori malakali real mutaxassislarga iş qolarmikan?












