Mazkur maqolani yozişga majbur qilgan holat Özbekiston televideniyesining «Mahalla» kanalida berib borilayotgan «Xalq bilan yuzma-yuz» va «Piyoda» körsatuvlarida berilgan epizodlar va ularda mahalliy xalqning e'tirozlari böldi desam heç ham mubolağa bölmaydi.

Muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning mamlakatimizning xalqaro maydonlarda obrösini oşiriş, xalqimiz yaşaş şaroitlarini yaxşilaş uçun tinmay jon kuydirişlarini körib odam öylanib qoladi, qaniydi hamma fuqarolarimiz, ayniqsa rahbar va mutassadilarimiz ham u kişidan örnak olganlarida nur ustiga a'lo nur bölgan bölar edi, u kişi tomonidan qöyilayotgan vazifalar ijrosi tezlaşarmidi, degan fikrlar quyilib kelaveradi.

Prezidentimiz tomonidan juda tez-tez takrorlanayotgan, eslatib turiş uçun takrorlaşlari ham bejiz emas deb öylayman, «Ura-ura qiladigan zamonlar ötdi» degan şiorga aylanişi lozim bölgan fikrlari qançalik köp qaytarilayotgan bölsada, aksinça bunday salbiy odat yanada çuqur ildiz otayotganday tuyuladi. Özbekiston televideniyesining turli kanallarida «Xalqaro press klub»dan andoza olgan holda berilayotgan, köpçilik holatda siyqasi çiqib ketgan mavzularda şakli yoki körinişi har xilu mazmuni özaro bir-birini takrorlaydigan, beş-olti kişi tepada kresloga ötirib olgan holda (ularni boşlovçilar mutaxassislar yoki ekspertlar deb nomlaydilar) boşlovçilar tomonidan, zaldan va telefonlar orqali berilayotgan savollarga javob berişlari körinişidagi körsatuvlar, xuddi şuningdek juda köp kanallarda «Xalq qabulxonasi» faoliyati böyiça turli nomlarda berilayotgan körsatuvlarni misol sifatida keltirişimiz mumkin.

Endi masalaga batafsil, aniqroq va yaqinroq yondaşadigan bölsak, Bekobod tumanidan tayyorlangan «Xalq bilan yuzma yuz» körsatuvida xalq qabulxonasiga kelgan uçta farzandli ayolning, turmuşidan ajralgan va uyidan çiqarib yuborilgan ayolning hamda köpçilik holatlarda ayollarning tuman hokimiga murojaatlari, har qanday odamni ham e'tiborsiz qoldirmaydi. Albatta, uçta farzandi uçun kiyim-keçak berganligi va uyini yopişi uçun tuman hokimi zaxirasidan 20–30 ta şifer ajratişga körsatma berganligini hokimning muruvvati deb hisoblaşimiz kerak.

Bu yerda odamni öyga toldiradigan boşqa holatlar ham mavjudki, buni aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi. Ya'ni, musulmonçilikda heç qaçon erkak qolib, ayol kişi kimgadir oilasi zaruriyatidan kelib çiqib, yalinib iltimos qilib bormagan. Bu musulmonçilikda isnod hisoblanadi