Jizzax şahrida xalqning ardoqli farzandlari, ulkan şoirlar Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bağişlab barpo etilgan yodgorlik majmuasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Şu munosabat bilan taşkil etilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, madaniyat va san'at namoyandalari, yozuvçi-şoirlar, Hamid Olimjon va Zulfiya avlodlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, adabiyot ixlosmandlari iştirok etdi. 

Özbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatçisi X.Sultonov, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi M.Ahmedov, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi S.Hakimov, adabiyotşunos I.Ğofurov va boşqalar prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan barpo etilgan Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni, ikki ardoqli şoir nomi bilan atalgan özbek tili va adabiyotini çuqur öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab-internat, muzey milliy adabiyot rivojiga ulkan hissa qöşgan, xalqning suyukli farzandlari xotirasiga körsatilgan alohida ehtirom ifodasi ekanini ta'kidladi. 

– Bugun özbek adabiyotining katta bayrami. Ardoqli şoirlarimizning ruhlari hamişa uyğoq bölgan bizning xonadonimizda ham şodiyona, – deydi Hamid Olimjonning nevarasi Lola Muhiddinova. – Öz şoirlarini qadrlagan xalq – uluğdir, der edi Zulfiya ayamiz. Bugun barçamiz bu ikki ijodkorga xalq muhabbati, e'tirofi va ehtiromining guvohi bölib turibmiz. Bu qutluğ işga boş-qoş bölgan Prezidentimizga oilamizning yoşi uluğlari, navqiron avlodlari nomidan minnatdorlik bildiramiz. Işonamizki, bu yodgorlik majmuasi hamişa adabiyot ixlosmandlari bilan gavjum böladi. 

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi E.Soliyev ham iştirok etgan.