Sport | 15:30 / 06.11.2017
25311
2 daqiqa o‘qiladi

Eng qimmat tarkib: Ingliz klublari "Barselona" va "Real"ni ortda qoldirishdi

Foto: Mundo Deportivo

Angliyaning «Manchester Siti» klubi tarkibi dunyoning eng qimmatbaho tarkibi deb topildi. Bu haqda CIES Football Observatory tadqiqot markazi xabar bermoqda.

Markaz tadqiqotlariga ko‘ra, ingliz klubining umumiy narxi 1,2 milliard yevroga teng deya baholanmoqda. Jamoa tarkibida eng qimmat futbolchi sifatida Kevin De Bryuyne e'tirof etilgan bo‘lib, uning narxi 144,5 million yevroga baholangan. Shuningdek yana uch nafar «Siti» futbolchisining asl bozor narxi 100 million yevrodan baland sifatida ko‘rsatilgan. bular: Rahim Sterling, Leroy Sane va Gabriel Jyezus.

Tarkib jihatdan ikkinchi o‘rinda «Tottenhem» jamoasi e'tirof etilgan. Eng qimmat futbolchisi Harri Keyn (186 million yevro) bo‘lgan londonliklarning umumiy bahosi 1, 17 milliard yevroga baholangan. Uchinchi o‘rinda «Barselona» jamoasi bormoqda. Jamoa tarkibining umumiy qiymati 1,13 milliard yevro. Eng qizig‘i «Barselona» tarkibidagi eng qimmat futbolchi sifatida Luis Suares ko‘rsatilgan bo‘lib, uning narxi 134 million yevroga baholangan. 

Kuchli o‘nlikdan «Chelsi» (1,04 mlrd yevro), «Manchester Yunayted» (919), «Real Madrid» (903 mln, eng qimmat futbolchisi Ronaldu — 96 mln yevro), «Liverpul» (901 mln yevro), «PSJ» (864 mln yevro), «Atletiko» (800 mln yevro), «Yuventus» (743 mln yevro) kabi jamoalar o‘rin olgan.

Mavzuga oid