Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash funksiyalari Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e'lon qilindi.
O‘zA xabariga ko‘ra, farmonda maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish va tender hujjatlarini baholash tartibini yanada takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Xususan, eksport-import tartib-taomillarini optimallashtirish va maxsus turdagi tovarlarni eksport hamda import qilish uchun litsenziyalar berish funksiyalarini yagona organda birlashtirish maqsadida farmonda litsenziyalash funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazish nazarda tutilgan. Bunda zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan tayyorlangan buyumlar litsenziyalanadigan tovarlar ro‘yxatidan chiqarilgan.
Bundan tashqari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillarni istisno qilish maqsadida farmonda import shartnomalarini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazishga doir amaldagi tartibni soddalashtirish hamda unga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Jumladan, qiymati 100 ming AQSh dollaridan kam miqdordagi import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish tartib-taomillari bekor qilinmoqda.
Shuningdek, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazish davrida bir vaqtning o‘zida tender (tanlov) hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish yoki tender (tanlov) takliflarini baholash tartibini joriy qilgan holda, tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan qiymati 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan import kontraktlarini ham ekspertizadan o‘tkazish bekor qilinmoqda. Bunda tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan import kontraktlari qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkazilmasdan hisobga qo‘yiladi.
Farmonda mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini ta'minlash maqsadida Hukumat qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan, shuningdek, cheklangan ro‘yxat bo‘yicha maxsus turdagi va xomashyo tovarlarini eksport qilish kontraktlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomilini saqlab qolish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
13:13 / 19.11.2024
Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
14:00 / 15.11.2024