Angliyada şiddatli bahslarga boy keçgan yana bir tur yakunlandi. 11 turda muxlislar birdaniga ikkita katta öyinga guvoh bölişdi. Avvaliga «Mançester Siti» Londonning «Arsenal» jamoasini qabul qilib, ğalabaga erişgan bölsa, Mançesterning boşqa jamoasi Londonda «Çelsi» mehmoni bölib mağlubiyatga uçradi. «Tribuna» turning asosiy voqealariga nazar taşlaydi.
VeNGeR HAKAMLARDAN NOROZI

«Men körgan voqealarni siz ham kördingiz. Ofsaydlardan urilgan gollar şousi. Men raqibning saviyasiga şubha qilmayman, ammo öşa notöğri gol biz endiina hisobni qisqartirib, öyinda buriliş yasaşga urinayotgan pallamizda urildi. Ötgan mavsumda ham biz bu stadionda ofsayddan ikki gol ötkazib yuborgandik» – dedi «Arsenal» murabbiyi Arsen Venger. Murabbiy şuningdek, jamoasi darvozasiga belgilangan penalti ham nohaq bölganini ta'kidladi.
Vengerni tuşunsa böladi, rostan ham Jyezus tomonidan gol urilgan vaziyatda unga töpni uzatgan David Silva yaqqol ofsaydda qolgan edi. Hatto «Arsenal»ning ba'zi himoyaçilari töp uçun kuraşdan ham çiqib ketgandi. Bu vaziyat esa, aynan Lyakazet hisobni qisqartirgan, Venger hujumga e'tibor qaratib, Jiru va Uilşirni maydonga tuşirişga tayyorlanayotgan pallada röy berdi. Aynan şu uçinçi gol öyinga nuqta qöydi, deb aytiş mumkin.
Penaltining bahsli bölgani haqida ham fikrlar köp yangradi. Ammo tan oliş kerak, mezbonlar «Arsenal»ga nisbatan ança kuçli öyin namoyiş qilişdi va öşa vaziyatlarsiz ham kerak bölganda gol ura olişlari sezilib turgandi. Bundan taşqari, birinçi bölimdagi bir vaziyatga e'tibor qaratiş mumkin – «Arsenal» himoyaçilari töpni oçiq darvozaga kiritiş imkoniyatiga ega bölgan Sterlingga qarşi biroz qöpol harakat qilişgan, ammo hakam bu vaziyatni e'tibordan çetda qoldirgandi.
MUXLISLAR SANÇeSDAN NOROZI

Arsen Venger hakamlardan taşqari öz futbolçisidan ham norozi bölgani tabiiy. Lyakazet, Jiru kabi futbolçilar zaxirada qoldirilib, hujum çiziği Aleksis Sançesning faolliga işonib topşirilgandi. Ammo muxlislarning tanqidlarida jon bor – aynan faollik bobida çililik hujumçi köpçilikning hafsalasini pir qildi.
Sançes öyin davomida atigi 9.6 km yugurdi, bu londonliklar darvozaboni Piter Çexnikidan atigi 4.8 km köp xolos. U bu körsatkiç böyiça öşa kuni maydonda harakat qilgan futbolçilar içida eng past natijani qayd etdi. Hatto doimo dangasalikda va kam yugurişda ayblanadigan Mesut Özil Sançesdan salkam 1.6 km köp yugurgan. Aaron Remzi esa, jamoadoşidan salkam 3 kilometr köproq yugurgani ma'lum böldi.

















