AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama Texasdagi çerkovda sodir etilgan ommaviy qotillikdan keyin qurol kötarib yuriş masalasini örtaga kötardi. U bu haqda tvitterida yozgan.
«Biz Sazerlend-Springsdagi bu nafrat aktidan jabrlangan barça oilalar bilan hamdardmiz, biz omon qolganlar bilan birgamiz», — deya yozgan u tvitterida.
Obama şuningdek, bunday hodisalarning oldini oliş uçun mamlakatda qurol taqib yuriş erkinligiga çek qöyiş haqida yaxşilab öylab körişga çaqirgan.
5 noyabr kuni Amerikaning Texas ştati Sazerlend-Springs şahrida qurollangan erkak baptistlar çerkovi dindorlarini öqqa tutdi. Uşbu ommaviy qotillik oqibatida 26 kişi halok bölib, yana 20 ga yaqin kişi yaralandi. Qotillik sodir etgan şaxs maşinasidan jonsiz holda topildi.












