Özbekiston Respublikasi prezidenti “Taşqi savdo faoliyatini yanada erkinlaştiriş va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Qaror taşqi savdo faoliyatini yanada erkinlaştiriş, taşqi bozorlarda talab yuqori bölgan mahsulotlarning eksport hajmlari va turlarini köpaytiriş, tadbirkorlik sub'yektlarining raqobatbardoşligini oşiriş va moliyaviy barqarorligini ta'minlaş maqsadida imzolandi.
Hujjat bilan 2017 yil 1 dekabrdan boşlab şunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq:
a) xizmatlarni (işlarni) eksport qiliş operatsiyalari böyiça – bajarilgan işlarni qabul qiliş dalolatnomasi imzolangan sanadan boşlab, tovarlarni eksport qiliş operatsiyalari böyiça esa – bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylaştirilgan sanadan boşlab muddati ötkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bölişini hisoblaşning yagona muddati 120 kun etib belgilanadi, quyidagilar:
Özbekiston Respublikasi rezidentlari – muassislar tomonidan çet eldagi taşkilotlariga (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, şu'ba korxonalari, firma dökonlari, dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlariga);
Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining a'zolari tomonidan – Palataning savdo-investitsiya uylariga olib çiqib ketiladigan tovarlar bundan mustasno;
b) tadbirkorlik sub'yektlariga tovarlar, işlar va xizmatlar eksportini oldindan tölov, oçilgan akkreditiv, rasmiylaştirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalçiliklaridan suğurta qiliş böyiça polis mavjud bölmasdan xorijiy valyutaga eksport qiliş huquqi beriladi, yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari va uşbu qarorga ilovada körsatilgan tovarlar (keyingi örinlarda xomaşyo tovarlari deb ataladi) bundan mustasno.
Bunda eksportga bojxona rasmiylaştiruvi, Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (keyingi örinlarda TSOYaEA tizimi deb ataladi) hisob-kitoblar töğrisidagi ma'lumotnomasiz amalga oşiriladi, uşbu qarorga ilovada körsatilgan xomaşyo tovarlari, şuningdek, invoys asosida eksport qilinadigan tovarlar bundan mustasno.
Belgilanişiça, tovarlar, işlar va xizmatlar eksporti faqat oldin amalga oşirilgan eksport operatsiyalari böyiça tadbirkorlik sub'yektida muddati ötkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud bölmaganda uşbu kiçik band şartlariga muvofiq amalga oşirilişi mumkin. Bunda eksport qiluvçilarga tovarlar, işlar va xizmatlar eksportini oldindan tölov, oçilgan akkreditiv, şuningdek, xaridor banklarining kafolati yoki eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalçiliklaridan suğurta qiliş böyiça polis mavjud bölişi şartlarida eksport qiliş huquqi saqlanadi.












