5 noyabr kuni Texas ştatida mahalliy vaqt bilan soat 11:30da qurollangan jinoyatçi Sazerlend-Springs çerkovi binosiga bostirib kirdi.
Uilson okrugi politsiya vakili Albert Gamez bergan ma'lumotga köra, çerkovda bölgan otişma tufayli 27 kişi halok bölgan, yana 20-25 kişi jarohat olgan. U bu haqda CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Guvohlarning ma'lumotlariga köra, halok bölganlar orasida ikki yoşli bola ham bor.
Öz navbatida KSAT telekanalining xabar berişiça, jabrlanganlarni kasalxonaga olib boriş uçun kamida oltita vertolyot jalb etildi.
Jinoyatni sodir etgan şaxsning ismi Devin Kelli bölib, u oq tanli va 26 yoşda bölgan. 2010 yildan 2014 yilgaça AQŞ harbiy-havo kuçlarida xizmat ötagan. Söngra tribunalga berilib, harbiy xizmatdan haydalgan.
Ma'lumot uçun, uşbu şaharçada taxminan 400 kişi istiqomat qiladi.











