Xitoy raketa-taşuvçi yordamida orbitaga uçinçi avloddagi ikkita sun'iy yöldoşni çiqardi. Xitoy şu tariqa orbitada özining global navigatsion tizimini joylaştirişni boşladi, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.
Ta'kidlanişiça, uçinçi avloddagi “Beydou-3” sun'iy yöldoşlari orbitaga “Çançjen-3B” raketasi yordamida çiqarilgan. Raketa parvozi Siçuan viloyatining ğarbida joylaşgan Siçan kosmodromidan amalga oşirilgan.
“Beydou” loyihasi ustidagi işlar 1994 yilda boşlangan. 2000 yilda tizim Xitoyga, 2012 yilda esa Osiyo-Tinç okeani mintaqasiga xizmat körsata boşlagan.
Ma'lum qilinişiça, “Beydou-3” sun'iy yöldoşlari yuqori sifatdagi signalni ta'minlaydi, ularda navigatsiya tizimi işi körsatkiçlarini yaxşilaş uçun differensial korrektsiya imkoniyatlari közda tutilgan. Bu sun'iy yöldoşlar qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini ötkazişda xizmatlar taqdim qilişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, Xitoy 2018 yil oxirigaça orbitaga yana 18 ta şunday sun'iy yöldoşni çiqarmoqçi.
Xitoy uşbu global navigatsiya tizimini orbitada töliq joylaştirişni 2020 yilgaça yakunlamoqçi. Bu esa Xitoyni GLONASS tizimiga ega Rossiya va GPS tizimiga ega AQŞdan keyin bunday global navigatsiya tizimiga ega bölgan uçinçi davlatga aylantiradi.












