Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning akasi Kim Çen Namning Kuala-Lumpur aeroportida zaharlaş orqali öldirilişida Şimoliy Koreyaning 4 nafar fuqarosi ayblanmoqda. Ular jinoyat sodir etilgan kuni Malayziyani diplomatik kanallardan foydalangan holda bir vaqtda tark etişgan. Bu haqda qotillik böyiça jarayon olib borilayotgan Malayziya oliy sudida tergov guruhi vakili Van Azirul Nizom ma'lum qildi.  

Tergovçining aytişiça, “ayblanuvçilarning barçasi Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurga turli vaqtda – taxminan qotillik sodir etilişidan ikki haftaça oldin kelişgan, biroq mamlakatni Kim Çen Nam zaharlangan kuni – 13 fevralda bir vaqtda tark etişgan. “Tergov davomida Şimoliy Koreyaning Malayziyadagi elçixonasi xodimi va Air Koryo aviakompaniyasi vakili 4 ayblanuvçiga Jakartagaça çiptalar xarid qilişgani hamda ularga diplomatik koridordan ötişda kömak körsatişgani aniqlandi”, deb aytmoqda tergovçi.

Tergovçining ta'kidlaşiça, bu şaxslar Interpol liniyasi böyiça qidiruvga berilganlar, biroq hozirça bu borada heç qanday natija bölmagan. Malayziya Oliy sudi hozirda Kim Çen Namning zaharlanişi böyiça işni körib çiqmoqda. 

Ayblanuvçilar örindiğida qotillik ijroçisi, Vetnam fuqarosi Doan Txi Xuong va Indoneziya fuqarosi Siti Aysia öz qilmişlari uçun javob bermoqdalar. Qonunçilikka köra, ular dorga osiliş yöli bilan qatl etilişlari mumkin. 

Kuala-Lumpur aeroportida Kim Çen Nam yuziga zaharli modda sepib yuborilgan. Buning oqibatida u şifoxonaga yölda jon bergan. Malayziya hukumatining ta'kidlaşiça, Kim Çen Nam taqiqlangan asab-falajlovçi modda VX (Vi-eks) ta'siri natijasida vafot etgan.