Bugun, 7 noyabr kuni Özbekistonda soat 13:50-14:40 oraliğida internet işlamadi.

Internetdagi «avariyaviy holat» butun Özbekiston böylab kuzatilgan, özbekistonliklar bu vaqt oraliğida na mobil qurilmalar orqali va na kompyuterdan internetga ulana olişdi.

Hozirça bu vaziyat yuzasidan barça provayderlarga internet uzatuvçi «Özbektelekom» tomonidan rasmiy izoh berilmadi.

Özbekistonda bunday holat oxirgi marta 2014 yilning 16 yanvarida kuzatilgan, öşanda yarim soatdan ortiqroq vaqt davomida internetga kirişning imkoni bölmagandi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston milliy operatori internetni Qozoğiston hududidan ötuvçi optik tolali kabel orqali Rossiyadan oladi. Şu optik tolali kabel magistralida ehtimoliy avariya Özbekistonni internetdan uzib qöyişi mumkin.

Özbekistonda bugun 15 milliondan ziyod internet foydalanuvçisi, 21 milliondan ziyod mobil aloqa foydalanuvçisi mavjud. Ularning talab va ehtiyojlarini qondiriş uçun 18 mingga yaqin mobil aloqa baza stansiyalari örnatilgan va ularning soni oşib bormoqda.

Lekin Özbekistonda internet sifatli ham emas, mobil internet tezligi reytingida Özbekiston 106-örinda, simli internet reytingida 126-örinda qayd etilgan.