2017 yil 7 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Toşkentga MDH iştirokçi davlatlari Taşqi siyosat idoralari rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etiş uçun kelgan Qirğiziston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlar ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuvda ta'kidlanganidek, 2016 yil 24 dekabr kuni Samarqand şahrida bölib ötgan oliy darajadagi Özbekiston-Qirğiziston uçraşuvi va uning yakunlari tomonlarda mavjud masalalarni özaro hurmat asosida va bir-birining manfaatlarini inobatga olgan holda muhokama qiliş va yeçiş uçun siyosiy iroda mavjudligini tasdiqlaydi.

Aloqalarning sönggi vaqtlardagi faollaşuvi, keng jamoat vakillari iştirokida turli darajadagi delegatsiyalar taşriflarining qizğin almaşinuvi ikki tomon ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlaş va rivojlantirişdan manfaatdor ekanligiga guvohlik berişi qayd etildi.

Uçraşuvda Qirğiziston elçisi Daniyar Sidiqov iştirok etdi.