Köp yillik bahslardan keyin Apple sudda Samsunğni mağlub qildi. Endi Samsung Apple korporatsiyasiga 120 million dollar tölaşga majbur. Bu haqida TheVerge xabar berdi. 

Foto:theverge.com

Gap Apple'ning blokdan yeçişga doir patenti haqida borgan.  Kupertino kompaniyasi yuristlari sud jarayonlari davomida Samsung muhandislari kompaniya patentiga doir huquqni buzib, öz smartfonlarida ham ekranni blokdan yeçişning xuddi şunday texnologiyasini qöllaşganini isbotlaşdi. 

AQŞ Oliy sudi ikki texnologiya gigantining patent "jang"iga nuqta qöydi va qarorni Kaliforniya kompaniyasi foydasiga hal qildi. Ma'lum bölişiça, Samsung kompaniyasi Apple'ning ikki patentini buzgan va undan foydalangan - smartfonni işlab çiqariş texnologiyasi va smartfon ekranini blokdan yeçiş uçun zarur slayd-bar faoliyati.

Tabiiyki, Samsung sud qaroridan norozi bölgan. "Köpçilik bizning sud qaroriga qarşi bergan da'voimizni qöllab-quvvatladi", - dedi Samsung vakili. U  şuningdek sudning bu qarori Apple'ga "nohaq daromad oliş" imkonini berişini aytdi. 

Apple bunga heç qanday izoh berib ötirmadi. Bu Apple va Samsung örtasidagi qonun doirasidagi  janglarning oxirgisi emas.