BMT Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiyani Yamandan blokadani olişga çaqirdi. Bu qamal Yamanga gumanitar yordamni olib kirişga tösqinlik qiladi, deb aytdi BMT vakili Stefan Dyujarrik.
“Portlar, aeroportlar, quruqlikdagi yöllarning blokada qilinişi şundoq ham falokatli bölgan vaziyatga favqulodda salbiy ta'sir qiladi. Mojaroning barça tomonlari portlar va aeroportlar orqali barça muhtoj odamlarga gumanitar yordamning xavfsiz va tez yetkazilişini yengillaştirişlari kerak”, deb aytgan BMT vakili.
Saudiya Arabistoni koalitsiyasi Yaman hududidan Saudiya Arabistoni tomon raketalar otilgandan keyin Yamandagi barça portlar va aeroportlarni yopişga qaror qilgan.
BMT ma'lumotlariga köra, Yamanda hozirda 20 mln ga yaqin odam gumanitar yordamga muhtojlik sezmoqda, ulardan 7 mln nafari oçarçilik yoqasida turibdi. Şuningdek, mamlakatda vabo avj olgan va hozirda bu kasallikka uçragan va uçraganlikka gumon qilinayotgan 850 ming kişi qayd qilingan.












