Isroilning Tel aviv şahrida joylaşgan Corephotonics startapi Kaliforniyaning San Xose şahrida Apple korporatsiyasi ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
2012 yili asos solingan Isroil kompaniyasining uqdirişiça, aynan u juft kamera texnologiyasiga birinçi bölib patent olgan. Apple esa firmadan ruxsat olmasdan iPhone 7 Plus va iPhone 8 Plus smartfonlarida qöllagan.
Startap rahbariyati miqdoriga oydinlik kiritilmagan tovon puli tölaşni talab qilgan. Şuningdek, Corephotonics suddan Apple korporatsiyasiga öz telefonlarida juft kamera texnologiyasini qöllaşni taqiqlaşni söragan.
Corephotonics öz arizasida körsatişiça, uning birinçi harakatlaridan biri Apple bilan strategik hamkorlikni örnatiş umidida boğlanişga uriniş bölgan. Ammo Amerika firmasi «umid uyğotadigan javoblar beriş hamda ijobiy ohangdagi sözlar bilan çegaralangan». Ammo iş texnologiyani litsenziyalaşgaça bormagan.
Corephotonics ma'lumotlariga köra, startap vakillari Apple korporatsiyasining «yetakçi muzokaraçisi» bilan uçraşgan. U Isroil kompaniyasi Apple korporatsiyasidan pul undirguniça «yillar va millionlab dollar mablağ» ketişini aytgan.
Gap bu yerda Corephotonics firmasining 4 ta patenti haqida bormoqda. U özining ayrim texnologiyalarini Mobile World Congress körgazmasida namoyiş qilgan edi.
Apple vakillari hozirça bu xabarni izohlagani yöq.












