Dohadan Baliga parvoz qilgan Qatar Airlines reysi samolyoti bortdagi eronlik yölovçi ayol öz turmuş örtoği xiyonatidan xabar topişi ortidan Hindiston hududiga majburan qöndi.

Gulf News naşri tarqatgan xabarga köra, yölovçi ayol uçiş vaqtida turmuş örtoğining smartfonini uning barmoqlari orqali blokdan yeçgan, bu vaqtda er uxlayotgandi.

Qayd etilişiça, ayol telefonda erining xiyonatiga dalillar topgan va uni ura boşlagan. 

Bu vaziyatga samolyot ekipaji a'zolari aralaşgan, ammo ular ğazab otiga mingan ayolni töxtata olişmagan. Yakunda uçuvçilar samolyotni Hindistonning Çennay şahriga majburan qöndirişgan.

Xabar qilinişiça, er-xotin va ularning farzandi samolyotdan tuşirib qoldirilgan, reys Baliga parvozni davom ettirgan.

Bu oila tunni aeroportda ötkazişga majbur bölgan, keyin ularni boşqa aviakompaniya reysi bilan Kuala-Lumpurga jönatişgan. 

Huquq tartibot organlari bu vaziyatga aralaşmagan.