Jamiyatimiz hayotida hamshiralik hamda bolalar tarbiyachisi kasblari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois hamisha bu soha egalariga ehtiyoj seziladi. 

Malakali hamshira bo‘lib yetishishni istaysizmi? Yoki jajjigina bolajonlar tarbiyachisiga aylanish niyatidamisiz? U holda siz uchun ajoyib imkoniyat yaratildi. 

Toshkent markazida joylashgan “Mehr-shafqat” kasb-hunar  kolleji Respublikamizning barcha hududlaridan ikkinchi mutaxassislik uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilar qabulini e'lon qiladi. O‘qish jarayoni o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Kimlar qabul qilinadi:

•  11-sinf negizida shahodatnomaga ega bo‘lganlar,
•  O‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega bo‘lganlar
•  Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari 
•  Uy bekalari

Foto: Toshkent “Mehr-shafqat” kasb-hunar kolleji

Mutaxassisliklar: 

1.  “Umumiy amaliyot hamshirasi” mutaxassisligi

Ixtisosligi:  

1.  Umumiy amaliyot hamshirasi
2.  Shoshilinch va tez tibbiy yordam stansiyasi (bo‘limi) hamshirasi
3.  Patronaj hamshirasi 

O‘qish muddati: 1 yil 6 oy. 

2.  Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi mutaxassisligi

Ixtisosligi:  

1.  Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachisi. 
2.  Ixtisoslashtirilgan bolalar maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachisi 
3.  Oilaviy tarbiyachi. 

O‘qish muddati: 1 yil 6 oy.