Amerikaning NASA va SpaceX kompaniyalari Marsga qanday qilib yetib boriş ustida boş qotirayotgan bir vaqtda, olimlar uşbu sayyoraga 200 kunlik sayohat va unda istiqomat qiliş odamlarga qanday ta'sir qilişi mumkinligini taxmin qilmoqda. 

Fazogirlar muşaklar hajmining qisqarişi, suyak vaznining yöqolişi, yuqori içki boş qon bosimi, ruhiy qiyinçiliklar, zaxiralarning yetişmovçiligi va radiatsiyaning uzoq vaqt ta'sir etişi haqida bormoqda. 

Hozirda NASA va uning hamkorlari letargik uyquga ketiş texnologiyalari va yaxşi himoyalangan uylar ustida işlamoqda. 

Engadget naşri uşbu tadqiqotlar tafsilotlari haqida NASA olimasi Laura Kerber va Spaceworks aerokosmik muhandislik kompaniyasi ijroçi direktori Jon Bredfordga murojaat qildi. 

Bredfordning aytişiça, soğlom odamning Marsga borişi uçun ham köplab muammolar bor. 

Fazoga uzoq muddatli parvozlarni amalga oşiriş eksperti bölgan Jon Bredford bu muammolarni fazogirlarni uzoq muzlatiş yordamida kamaytiriş ustida işlamoqda. Bu texnologiya ekipaj duç kelişi mumkin bölgan ayrim ehtimollarni pasaytiriş va qator texnik hamda muhandislik vazifalarni bajariş imkonini beradi. 

Tibbiyot nuqtai nazaridan baholaganda, letargik uyqu köp jihatlarda yordam beradi. U ruhiy-ijtimoiy muammolarni bartaraf etadi. Inson uxlaganda tuşkunlikka tuşmaydi. Muşak hajmining kiçrayişi va suyak vazni kamayişiga qarşi elektr stimullaş imkoni paydo böladi. Içki boş qon bosimi pasayadi va hatto radiatsiyada nurlaniş oqibatlari ha minimallaşadi. 

Texnik jihatdan baholaganda ham uxlayotgan ekipaj bilan NASA va SpaceX parvozlarini amalga oşiriş birmunça osonlaşadi. Oziq-ovqatga talab sezilarli kamayadi. 

Jon Bredfordga köra, harakatlaniş uçun zarur bölgan energiya vaznga juda boğliqdir. Agar umumiy vazn kamaytirilsa, bu juda foydali böladi. 

Aytiş joizki, «letargiya» kişida qandaydir qörqinç uyğotadi. Aslida ham şunday. Inson tanasining me'yoriy harorati 37°S ga yaqin, ammo letargiya holatida bu harorat 32-34°S darajagaça tuşadi. Tibbiyotda infarktga duçor bölgan bemorlarni davolaşda şunday usul qöllaniladi. Uning yordamida «Formula-1» poygalari böyiça Mixael Şumaxerning miyasi muzlatilgan. Albatta, gipotermiya jiddiy nazoratni ham talab etadi.