Oliy liganing 28-turidan örin olgan dastlabki uçraşuvda «Dinamo» «Neftçi»ni qabul qildi va muhim ğalabani qölga kiritdi.
Uçraşuvga hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda Adnan Oraxovats tomonidan kiritilgan gol samarqandliklarga uç oçko keltirdi. Şu tariqa, «Neftçi» 25 yillik Özbekiston çempionati tarixida ilk marta kelgusi mavsumni birinçi ligada boşlaşi aniq böldi. «Dinamo» esa ligada qoliş uçun öz imkoniyatlarini biroz bölsada yaxşilab oldi.
Uşbu ğalabadan keyin samarqandliklar hisobidagi oçkolar soni 32taga yetdi va ular «Qizilqum»dan bitta öyin köp ötkazgan holda bir oçko ortda qolib, 12-örinda bormoqda. «Neftçi» esa 24 oçko bilan 14-poğonada qoldi.
Oliy liga, 28-tur
«Dinamo» – «Neftçi» 1:0 (0:0)
Gol: Adnan Oraxovats (90+3).
«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Akmal Bozorov, Abdumalik Abdullayev, Aleksey Nikolayev, Saidjamol Davlatjonov (Orifjon Mamajonov, 74), Adnan Oraxovats, Farhod Tojiyev (Iskandar Xolmirzayev, 67), Muhammad Isayev (Sardor Sulaymonov, 64), Doniyor Ismoilov, Radu Rogak.
«Neftçi»: Abdumavlon Abdujalilov, Şerzod Hakimov, Muzaffar Muzaffarov, Dilyorbek Irmatov, Muhsin Ubaydullayev, Abdujamol Isroilov, Xamidullo Abduhamidov (Jasur Hasanov, 46), Abror Ismoilov, Islom Karimov (Ibrohim Rahimov, 88), Boburbek Yöldoşev, Avazbek Ölmasaliyev.











