«Paxtakor»ning oxirgi öyinlari ayniqsa hakamlik borasida öziga xos munozaralarga sabab böldi. Buxoro va Jizzaxda belgilangan penaltilar, «Bunyodkor»ga qarşi öyindagi ofsayddan urilgan golning hisoblanişi – qisqaroq aytganda, hakam xatolarining faqat «Paxtakor»ning foydasiga sodir bölayotgani muxlislarda şubha uyğota boşladi – «Paxtakor»ning «quloğidan kimdir tortmoqdami»?

Tanganing ikkinçi tomoni bor. «Xato» söziga bekorga urğu bermadim, zero qaysidir hakamning bir jamoa foydasiga «adaşişi» uning öşa jamoaga ataylab yon bosganini, tabiiyki, bu işda öşa jamoaning ham qöli borligini anglatmaydi. Heç qanday isbot yöq bunga. Şu bilan birga, öşa penaltilarsiz ham balki «Paxtakor» ğalaba qozonişi, «Bunyodkor»ga urilgan gol inobatga olinmaganda, öyin boşqa ssenariyda keçişi ham mumkin edi – har qanday jamoa 1:0 yutib turganida boşqaça, durang holatida boşqaça töp suradi, töğrimi?

Ammo ötib ketgan mana şu uçraşuvlar natijasida paydo bölgan «bekgraund» keyingi öyinlarda «Paxtakor»ning zarariga işlaşi, jamoa oqibatda öşa göyoki «Paxtakor» foydasiga qilingan xatolardan zarar körişi ham mumkin.

2012 yilda «Mançester Yunayted»ning safarda «Liverpul»ga qarşi öyini oldidan Aleks Fergyuson qiziq gap aytgandi – «Enfild»da biror marta hakamlar bizning foydamizga penalti belgilamagan. Bunga işoniş qiyin, ammo bu fakt».

Murabbiy bu ğalati faktni nega eslab ötdi, köpçilik tuşunmagan, ammo qiziği, öşa öyinda Valensiya bilan sodir bölgan u qadar aniq bölmagan qöpollikda hakam «Liverpul» darvozasiga penalti belgilaydi.

Ya'ni Fergyusonning maqsadi hakamga bosim ötkaziş bölgan, Mark Helsi esa, öşa vaziyatda penalti belgilamaslikdan qörqib qolgandi, nazarimda. Bahsli vaziyatda «MYu»ning yana penaltisiz qolişi öyindan keyin murabbiyning e'tiborida bölişi şubhasiz edi.

Bu voqeani nega esladim? 29-turda «Paxtakor» safarda «Nasaf»ga qarşi maydonga tuşadi. Bu öyinni finalga qiyoslaş mumkin, 2-örin masalasini va balki OÇL yöllanmasini hal qiladigan uçraşuv kutib turibdi bizni. Endi mana şunday katta bosim ostida har qanday hakamni tasavvur qilib köring.

Misol uçun, öyinning sönggi daqiqalarida qarşiliklar «Paxtakor» hujumçisini jarima maydonida çalib yiqitişadi. Rostanam çalib yiqitişadi yoki hakam ikkilanadigan holat sodir böladi. Bunday vaziyatda penalti belgilaş juda qiyin. Bilasizmi, avvalgi öyinlar natijasida şunday «stereotip» paydo böldiki, «Paxtakor» foydasiga belgilanadigan har qanday penalti hakamning «yon bosişi» ölaroq talqin qilinadi. Bu esa, hakamga qöşimça bosim yuklaydi, özi bilmagan holda «Paxtakor» foydasiga penalti berişdan iloji boriça qoçadi, ya'ni toşkentliklar yakunda vaziyat qurboni bölib qolişlari ehtimoli bor.