Ofşor bank amaliyotlariga ixtisoslaşgan huquqşunoslik firmasidan hujjatlarning sizib çiqişi dunyodagi eng boy va nufuzli şaxslarning, jumladan AQŞ savdo vaziri Uilbur Ross va Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II’ning kuçli himoyalanuvçi sirlari haqida biliş imkonini berdi.
Bermud orollaridagi Appleby kompaniyasining Paradise Papers nomli arxivi Germaniyaning yetakçi gazetasi tahririyatiga kelib tuşgan, u yerdan esa Xalqaro jurnalistik suriştiruvlar konsorsiumiga topşirildi. Avvalroq bu taşkilot 2015 yilda ofşor kompaniyasidan xuddi şunga öxşaş ma'lumot sizib çiqişini tekşiruvdan ötkazgani sababli Pulittser mukofotiga loyiq deb topilgandi. Quyida Paradise Papers’dagi beşta eng yirik ma'lumot keltiriladi.
Uilbur Rossning Rossiya bilan aloqalari ança qalin bölib çiqdi

Ma'lum bölişiça, AQŞ savdo vaziri Uilbur Ross Navigator transport kompaniyasidagi öz uluşini, hattoki Donald Trampning vazirlar mahkamasiga kirganidan söng ham saqlab qolgan. Navigator’ning eng muhim mijozlaridan biri – Rossiyaning Sibur energetika kompaniyasi. Sibur’ning egalari esa rossiyalik milliarder Gennadiy Timçenko (Putinning yaqin dösti) va Rossiya prezidentining kuyovi Kirill Şamalovdir.
AQŞ Davlat departamenti sobiq xodimi va Rossiya böyiça ekspert Deniyel Fridning The New York Times gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, Sibur RF rahbariyati bilan qalin aloqalarga ega, biroq Ross buni lavozimiga ilgari suriş jarayonida yaşirgan.
Sibur – transport kompaniyasining oddiy mijozi emas. Times jurnalining ta'kidlaşiça, 2016 yilda Navigator rahbari Devid Batters aksiyadorlar bilan yillik uçraşuv vaqtida Sibur amerikalik raqobatçilarni ortda qoldirişi va Yevropa energetika bozorini öz nazoratiga olişi bilan maqtangan. Ekspertlarning fikriça, Rossning Putinga juda yaqin bölgan şaxslar tomonidan nazorat qilinuvçi rus kompaniyasi bilan aloqalari uning mamlakat savdo siyosatiga javobgar bölgan vazirlar mahkamasi a'zosi sifatidagi vakolatlari bilan ehtimoliy manfaatlar ziddiyatini keltirib çiqaradi.
Rossning özi barça ayblovlarni rad etmoqda.





















