«StopXam» loyihasi yöllardan internet-makonga «köçib ötadi», deya ma'lum qildi harakat asosçisi Dmitriy Çugunov.

«StopXam» loyihasi 2010 yilda taşkil etilgan. Harakat faollari yöllardagi qöpollik va haydovçilar tomonidan yöl qoidalarining buzilişi bilan, qoidabuzarlar avtomobillariga tanbeh ohangida yozilgan stikerlarni yopiştiriş yordamida kuraşişgan.

«Biz «StopXam» doirasida «Biz haqmiz» loyihasini işga tuşirmoqdamiz. Bu allaqaçon mavjud bölgan platforma, u işlayapti. Bu Change.org platformasining öziga xos nusxasi», - deya ma'lum qildi harakat asosçisi.

Çugunovning aniqlik kiritişiça, odamlar OAVda yoritilmagan muammolar böyiça petitsiyalarni platformaga yuklaşlari mumkin. Çugunovning fikriça, avtoulovlarga stikerlarni yopiştiriş katta moliyaviy sarmoyalarni talab qiladi, hamda qöpolikka ijtimoiy tanbeh berişga internetda köproq kişilar orqali erişiş mumkin.

«Bu juda katta hududni qamrab olişga yordam beradi... Endi biz butun Rossiya böylab faoliyat yuritamiz», - deya aniqlik kiritdi Heads Consulting mustaqil huquqşunoslik firmasi boşqaruvçi şerigi Nikita Kulikov.