Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 noyabrdagi 894-son qaroriga ilova Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalar:

1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasiga kelişlari, ketişlari, bu yerda bölişlari va tranzit ötişlari tartibi töğrisida” 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarorida:

a)  Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasiga kelişlari va Özbekiston Respublikasidan ketişlari tartibining 12-bandiga quyidagi mazmundagi xatboşi qöşildi:

“Xorijiy fuqarolar Özbekiston Respublikasining turistik vizasida körsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining konsullik byurolari tomonidan Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasidan ötiş punktlarida tegişli özgartirişlar kiritişga ruxsat etiladi”;

b)  Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasida bölişlari qoidalarida:

3-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“3. Özbekiston Respublikasida vaqtinça böluvçi xorijiy fuqarolar özlarini qabul qiluvçi taşkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkçilik şakllari va faoliyat turidan qat'i nazar, korxonalar va taşkilotlar, xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo taşkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat taşkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qaraşli bölmagan) notijorat taşkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini (keyingi örinlarda taşkilotlar deb ataladi), şuningdek, xususiy işlar böyiça ularni Özbekiston Respublikasiga taklif qilgan şaxslarni xabardor qilgan holda, xohişlariga köra mehmonxona xizmatlari — vaqtinçalik yaşaş böyiça xizmatlar körsatiladigan joylaştiriş vositalarida (mehmonxonalar, turizm bazalari va komplekslari, dam oliş uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonxona uylari, ötov va palatkali lagerlar, sanatoriylar va boşqa obektlarda, şuningdek, tunaş uçun qayta jihozlangan yer usti avtotransportida), boşqa turar joylarda, şuningdek, davolaş muassasalarida yaşaydilar”;

13-bandda: