Angliyalik 39 yoşli futbol arbitri Entoni Teylor «Mançester Yunayted» futbolçisi Jyessi Lingarddan çopqirroq çiqdi. U bu futbolçini «qizil iblislar»ning «Çelsi»ga qarşi öyini vaqtida ortda qoldirib ketgan.
Bu holat tasvirlangan videoda hakam va futbolçi bir nuqtada bir vaqtda tezlik olgani, ammo mezbonlarning öyin oxiridagi qarşi hujumini kuzatiş uçun tezroq çopgan referi ilgarilab ketganini köriş mumkin.
Uçraşuv London klubining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.
Qayd etiş kerakki, ayni vaqtda 24 yoşda bölgan hujumçi öyinga 78-daqiqada zaxiradan qöşilgandi.















