Jyessi Lingard, tan oliş kerak, hatto «Mançester Yunayted» muxlislari uçun ham u qadar yulduz futbolçi emas. Köpçilik klub nihoyat qandaydir top-yulduz sotib olinişi-yu, u Jyessini tarkibdan çiqarib yuborişini kutib yuradi. Doim uning iqtidori, qay darajada top futbolçi ekani bahsli, asosan uning «Mançester Yunayted» darajasidagi futbolçi emasligini aytuvçilar köproqqa öxşaydi, nazarimda.
Savol tuğiladi, «Mançester Yunayted» darajasi nima özi? Bir öyinda neçtadir futbolçini aldab ötiş yoki mavsumda qançadir gol urişmi? Yoki öz xarakteri va mehnati bilan «Mançester Yunayted» xarakterini taşib yurişmi? Qaysi biri? «Mançester Yunayted» deganda xayolingizga köproq maşhur Karlos Teves keladimi yoki oddiy Denis Irvinmi? Bahsli masala, şunday emasmi?
«Çempion hikoyalari» ruknida material qilayotganimda, asosan janubiy amerikalik iqtidorlarga murojaat qilaman. Göyoki boşqaça böliş mumkin emasdek, axir Yevropada, top klubning «tumşuğida tuğilib», keyinçalik öşa klubning örtaça futbolçisi bölişdan osoni bormi? Nimasi hikoya bölarkan buning, töğrimi?
Aslini olganda esa, unday emas. Yaşaş uçun kuraşadigan köçalardan çiqib, öz iste'dodini butun dunyoga namoyiş qiliş, xöp, ajoyib ertak, ammo faqatgina özingdan boşqasi bilmaydigan içki iqtidoringni isbotlaşga kuç topa biliş yanayam qiyinroq emasmi? Ronaldino yoki Jyezusni heç bölmasa, atrofdagilar payqaşgan, uning şu iste'dodini yuzaga çiqarişga kömak berişgan, aynan mana şu e'tiroflarning özi ham bölajak yulduzlarga qanot bölgan. Ammo iqtidoring u qadar közga taşlanmasa, hatto öz murabbiylaring ham işonç bildirmasa, doim ijarama-ijara yursang, deyarli har öyinda kerakli ekaningni isbotlaşga ehtiyoj tuysang... Va mana şu qiyinçiliklar ortidan, nihoyat hammani tan olişga majbur qilsang, hal qiluvçi gol ursang - mana şu ham gözal hikoya emasmi? Bu yanada oğirroq emasmi, axir bu yölda sen köproq yakkalanasan, tuşkunlikka tuşiş uçun, bariga qöl siltaş uçun sabablar doim yetarli bölaveradi... Eng yomoni, futbol seni qutqarişi mumkin bölgan yagona imkoniyat emas, sen juda köp variantlar içidan aynan futbolni tanlaşing kerak, bunisi yanada tahlikali...
«Mançester Yunayted» akademiyasi direktori yordamçisi Toni Uelan Jyessi Lingardning öziga xos hikoyasini aytib berdi. «Uiorringtondagi bolakay» qanday qilib klub yoşlar tizimining bayroqdoriga aylangani haqidagi hikoyani...
«Uning közlari doim çaqnab turardi. Istehzoomuz tabassum. U bilan doim nimadir bölardi.
Men «Mançester Yunayted»ga murabbiy sifatida Brayan Kidning taklifiga binoan 1990 yildan yarim stavkalik iş boşladim. Keyinçalik akademiyaga ötdim va 1998 yildan boşlab, töliq işlovçi sifatida juda köp bölajak yulduzlarning ulğayişlariga guvoh bölganman. Bu yigit ham men şuğullantirgan javohirlardan biri, yoqimtoy va şum bolakay, şu bilan birga iqtidorli yoş futbolçi. Har bir futbolçining öz yöli bor, ammo Jyessining dastlabki yillardan boşlab, bugungi kunga yetib kelişi yanada qiziqarli va heç kimnikiga öxşamaydi».
Mavzuga oid
Jyessining bizga kelib qöşilişi
«Jyessini yaqindagina nafaqaga çiqqan Mayk Glenni olib kelgandi. Rivojlaniş markazidan akadamiyaga ötgan bolakay klubning barça yoşdagi jamoalarida öynab çiqdi. Biz yangi loyiha ustida iş olib borgandik va iqtidorli bolalarga alohida stipendiya joriy qildik. Lingard öşa dasturga kiritilgan ilk nomzodlardan biri bölgan va aytiş mumkinki, u öşa loyihamizning pioneri edi. Ammo bu uçun u ham köp narsani qurbon qilganini bilaman. Uorrington - Jyessi tuğilgan şahar bizdan u qadar uzoq bölmasa-da, dasturda körsatilganidek, u öz uyini tark etişi va bizga qöşilişi kerak edi. Bunday holat har qanday yoş futbolçi hayotida buriliş nuqtasi ekanini ta'kidlaş mumkin.
Belgilangan dastur (MANUSS) böyiça maşğulotlar boşlangaç, albatta, biz aynan qaysi bolalar qolişi-yu, kimlar ketişi haqida köp munozara qilganmiz. Bunday munozaralarda Jyessining ismi juda köp tilga olinar, çunki körinişidan juda kiçik va nimjon bölgan bolakayga köpçilik şubha bilan qarardi. Ammo u bizni fikrimizni özgartirişga va u bilan şartnoma imzolaşimizga majbur qildi. Uning munosabati va xarakteri muhim rol öynadi va albatta, Lingardni olib qolişda jonbozlik körsatgan Brayan Makklerga ham minnatdorçilik bildirib qöyiş lozim».
Öz vaqtini kutib...
«U 15 yoşda edi, ammo U16 tarkibida öynaşiga töğri keldi. Lingard va özidan katta bölgan jamoadoşlari örtasidagi farq osonlik bilan közga taşlanar va ba'zi öyinlarda u şunçaki maydonga tuşa olmasdi, çunki jismoniy yuklamalarni kötariş unga juda oğirlik qilardi. Jyessi buni juda yaxşi tuşunardi va hammasi bizning qarorlarimiz va rejalarimiz asosida ketişiga qarşilik qilmasdi.
Biz uni ba'zi öyinlarda maydonga tuşirar, keyin esa, biroz dam berardik. Bunday holatlar ba'zi futbolçilarni izdan çiqaradi, ruhan özlariga kelmay qoladi. Ammo Jyessi uddaladi. Albatta, oson bölmagan, ammo u murabbiylar ştabiga işonardi va barçasi uning foydasi uçun qilinayotganini his qilardi. Qaysidir vaqt keladiki, uning içidagi bor talanti va impulsi yarq etib yuzaga çiqadi - buni kutardik.
Bu kunning kelişi oson bölmadi. U bir neça yil ijarama-ijara yurdi, nihoyat, mavsumoldi yiğinlarida özini körsatdi va Lui van Gaal uni mavsumning oçiliş öyinida asosiy tarkibda tuşirdi... afsus, debyut uçraşuvidayoq tizzasidan jarohat olgan Jyessi bir neça oyga safdan çiqdi».
Tiklaniş
«Uzoq vaqt tiklaniş jarayonini boşdan keçirgan Jyessini, şu davrda köp marotaba maşğulotlar maydonida çöloqlanib yurişini körardim. Doim energiya va harakatga töla bölgan, futbolni, maşğulotlarni jon dilidan yaxşi köradigan yigitning bu holatda köriş menga oğir bölar va nimalarni his qilayotganini sezardim. Jyessiga öxşagan yigitlarni yoqtirib qoliş juda oson. Uni bunday holatda köriş oson emasdi.
Öşa kunlari men bir tadbirda Garet Sautgeytni uçratib qoldim. U öşanda Angliya yoşlar jamoasida murabbiy edi. Biz biroz gaplaşdik va u mendan Jyessi haqida söradi. Payqaşimça, Sautgeyt U21 terma jamoasi öyinlarida Lingardga qiziqib qolgan, mana hozir u endi milliy terma jamoa murabbiyi sifatida futbolçini tarkibga jalb qilyapti. Bu ajoyib.
Şuning özi ham Jyessining qat'iyati va kuçli xarakterini körsatadi. Öşa holatdan u Angliya terma jamoasi futbolçisi darajasiga yetib bora oldi.
Jyessi yaxşi texnikaga ega, jismonan baquvvat va öziga yaraşa aqlli öynay oladi. Köpçilik yaxşi futbolçi böliş uçun iqtidorning özi kifoya deyişadi, yöq, şuningdek sizga kuçli xarakter, barqarorlik va har qanday tösiqlarga qarşi kuraşa oladigan kuç kerak böladi. Jyessi aynan mana şu xususiyatlarni öziga jamlay olgandi»
«Uembli qahramoni»
«2016 yildagi Angliya kubogi finali Jyessining yulduzli onlari böldi.
Men bir paytlar futbol öynagan, juda yoş bölgan paytlarimda ham kubok finalida gol uriş qanday hissiyot ekanini bilardim. Agar gol muallifi sizga qaysidir jihatdan boğliq inson bölsa, ikki barobar baxt.
Golni eslaysizmi? Zarba beriş uçun eng maqbul pallani topa oliş xususiyati unda bolaligidan bor. Öşa eng boşidan kuzatganlar uçun, bolakayning ulğayib, öta dramatik tarzda keçgan kubok finalida hal qiluvçi golni urişi... «Men bu bolani taniyman, u ham meni taniydi» - bu öy odamni köklarga kötaradi. Ayniqsa, Jyessining hikoyasi juda köp özi kabi bolakaylarga qöşimça kuç tarqatadi, nazarimda.
Avvalo, sovrin juda muhim. Ammo klubdagi juda köpçilik uçun yanada ahamiyatlisi - akademiya tarbiyalanuvçisi Jyessining muvaffaqiyati hammaga ajib tuyğu ulaşgandi. Bizda undan faxrlaniş imkoniyati bor edi. Bu kungaça turli qiyinçiliklar va mavhumliklarni yaşab ötgan yigit uçun finaldagi gol tortning ustidagi naqş bölgandi.
Axir biz uning oilasini ham bilamiz. Jyessining onasi bilan uzoq yillardan beri tanişmiz, uning bolaligida juda köp quvvatlab turgan buvasini bilamiz. Öylab qolaman, bizniki şu darajagi hissiyotlar qamrab olgan ekan, ular nimalarni his qilişyapti ekan-a? Bunday voqealar insonlarni birlaştiradi».
(Jyessining «Uembli»dagi qahramonliklari şu bilan tugamadi. Oradan uç oy ötib, Angliya superkubogi finalida u «Lester» darvozasiga undan ham çiroyli gol urdi. Maydon markazida töpni qabul qilib olgan futbolçi raqibning beş futbolçisini aldab ötib, hisobni oçdi. Naryoğda Pogbaning transferi rasman e'lon qilinayotgan va butun internetni larzaga keltirayotgan pallada, Pogbaning yoşlikdagi jamoadoşi Jyessining goli öşa töpolonni ham yorib çiqdi. Jyessi ismidagi öxşaşlikka qiyosan uni Messiga tenglaştira boşladilar.
Keyingi yil fevralida esa, «Mançester Yunayted» xuddi şu stadionda Liga kubogi finalida maydonga tuşdi va bu öyinda ham Jyessi gol urdi. Şu tariqda 9 oy içida Jyessi «Uembli»dagi uçta finalda qatorasiga gol urdi).
Boşqalarni ilhomlantirib...
Jamoa boşqaruviga Joze Mourino kelgaç, Lingardning iqtidori yanada barq ura boşladi. Noyabrning oxirlarigaça asosan zaxirada ötirgan futbolçi keyingi 3 oyda aql bovar qilmas ösişga erişdi va hozirda u 13 gol muallifi sifatida, bu körsatkiçda faqat Lukakudan ortda bormoqda xolos. Xususan, «Çelsi»ga qarşi yaqinda bölib ötgan öyinda ham Lingard zaxiradan maydonga tuşib, hal qiluvçi gol muallifiga aylandi.
«Jyessining muvaffaqiyati akademiyadagi boşqa bolalarni ham ilhomlantirişiga umid qilamiz. Bu bizning işimizni osonlaştiradi: axir ularga yaqinda Jyessining şu stullarda ötirgani, u ham şu bolakaylar kabi ba'zida xato qilgani va mana endi maşhur yulduzga aylanganini aytib beriş qançalik oson va foydali. «Jyessi ham siz kabi bola edi va futbolçi bölişni orzu qildi. Bu yölda u qat'iy böldi, kerak bölsa, köp narsalardan voz keça oldi» deymiz, masalan.
1945 yilda klubga Mett Basbi kelganidan beri, «Mançester Yunayted» öz tarbiyalanuvçilari bilan dong taratib keldi. Jyessining yutuği öşa «Basbi bolalari», «Klass-92» kabi namunalarning davomi deyiş mumkin.
U va Markus Reşford Liga kubogi finalida maydonga tuşişlari va klub uçun şu paytgaça begona bölgan yevrokubokni yutişda öz hissalarini qöşişlari katta voqea. Bu ikkisining öşa kuni safda bölişi akademiyada işlayotgan insonlar, u yerda tarbiya topayotgan bolalar uçun ulkan muvaffaqiyat edi. Axir biz ularni hammadan köra köproq tanirdik, şunday emasmi? Biz ularni eng boşdan qanday bölganliklarini, bu ğalabaga qaysi yöllardan va qanday qiyinçiliklarni yengib kelganliklarini hammadan yaxşi bilardik.
Notöğri tuşunmang, lekin aytişim kerak, Jyessi va u kabilarni men elçilarga öxşataman. Ular futbolga kirib kelib, haqiqiy «Mançester Yunayted»ni butun futbol olamiga taniştiradilar, axir umrlarining uçdan ikki qismi aynan şu klubda keçgan. Ularni «Mançester Yunayted»dan alohida tasavvur qiliş imkonsiz».
Zavq va ehtiros
«Men öz vaqtida Mett Basbi qöl ostida töp suriş baxtiga muyassar bölganman. U har doim bir körsatmani qaytarardi: «hammasi oddiy - qizil libosdagi şeriginga töpni uzat va futboldan zavqlan, tamom. Sen hafta böyi şuğullanding, endi esa, maydonga tuş va öyna. Atrofingdan xavotirlanma, raqibing haqida öylama, seni şeriklaring quvvatlab turadilar. Sizlar ajoyib klubning bir bölagisizlar. Qörqmanglar. Bundan zavq olinglar».
Bu sözlar xuddi Jyessini ta'riflayotgandek, şunday emasmi?
Jyessi hozir ham akademiyaga kelib turadi, yoş bolalarning futbol öynaşlarini tomoşa qiladi. Albatta, bizdan hol-ahvol söragani oldimizga çiqadi - ustoz uçun bu naqadar baxt ekanini juda yaxşi bilaman. U doim öz ildizini unutmayotgani yaxşi, mana şu xususiyatning özi ham uning aynan şu yerda tarbiya topganini isbotlab turgandek...
U yana juda köp yirik sovrinlarni qölga kiritişi, terma jamoada öynaşi mumkin, lekin biz uçun doim öşa közlari yonib kulib turadigan şum bolakay bölib qolaveradi»