Amerikaning Alphabet korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi Waymo kompaniyasi Arizona ştatining Finiks şahri köçalariga özi boşqariladigan Chrysler Pacifica avtomobilini çiqardi. Bu haqda Ars Technica yozmoqda.
Haydovçisiz harakatlanadigan avtomobillar ustida iş olib borayotgan aksar kompaniyalar har ehtimolga qarşi haydovçini ötqazadi. U kutilmagan vaziyatda boşqaruvni öz zimmasiga olişi kerak. Waymo maşinalarida bu odam orqa örindiqda ötiradi. U maşinani töxtatadigan tugmaçaga ega.
Yaqin oylarda Waymo taksi xizmatini joriy qilişni rejalaştirmoqda. Birinçi bosqiçda test dasturi iştirokçilari şunday taksilardan foydalanişlari mumkin böladi.
Birinçi bosqiçda safarlar bepul bölişi ta'minlanadi. Biroq unça katta bölmagan hududni qamrab oladi. Kelajakda Waymo bu xizmatni barçaga taklif etişni va buning uçun pul olişni reja qilgan.
Waymo avtomobillarida atrof-muhitdagi bino va inşootlar joylaşgan xarita jadvali böladi
Maşina salonining tepa qismida boşqaruv paneli bölib, uning yordamida Waymo qöllab-quvvatlaş markazi bilan boğlaniş, eşiklarni yopiş yoki oçiş, safarni boşlaş yoxud maşinani töxtatiş mumkin.
Naşrning yozişiça, Finiks muqobil avtomobillar uçun eng qulay şaharlardan biridir. Bu yerda har doim quyoşli bölib, kamdan kam hollarda yomğir yoğadi yoki muzlaş holatlari kuzatiladi. Biroq Waymo kompaniyasining işonç bildirişiça, ularning avtomobillari kuçli yomğirda ham harakatlana oladi. Bundan taşqari Finiks köçalari keng va boşqa yirik şaharlarga qaraganda tirbandliklar kam uçraydi. Şuningdek, Arizonada muqobil avtomobillar uçun çeklovlar mavjud emas.











