Amazon asosçisi va rahbari hamda Blue Origin aerokoinot kompaniyasi egasi Jyeff Bezos ötgan dam oliş kunlari koinotni özlaştirişga bağişlangan Los-Anjyelesdagi sammitga taşrif buyurdi va unda nutq sözladi. U öz nutqida Yerni qutqariş uçun koinotni iloji boriça tezroq özlaştiriş kerakligini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, koinotga parvozlar qançalik arzonlaşsa, uni şunçalik tezroq özlaştiriş mumkin böladi.
Körinişiça, Bezosni Quyoş tizimini zabt etiş butun sayyora böylab mahsulotlar yetkazib beriş bilan boğlangan köp milliardlik biznesidan köproq qiziqtiradi.
“Biz tizimimizdagi köplab sayyolarga robotlaştirilgan zondlar yuborganimiz şubhasiz quvontiradi, biroq bu koinotni zabt etişning hali boşi ham emas”, deb aytgan Bezos.
Koinotni haqiqatan tadqiq qiliş uçun şunday qiliş kerakki, yuz minglab, millionlab odamlar koinotda yaşab, işlaşlari lozim. Hozirda esa buni amalga oşiriş murakkabdir. Tadbirkorning fikriça,bunda asosiy muammo koinot radiatsiyasi yoki gravitatsiyaning yöqligi emas, balki koinotga parvozlar narxi hisoblanadi. Bezosning aytişiça, aynan şu holat koinotni özlaştiriş uçun keyingi qadamni amalga oşirişni ilojsizga çiqaradi.
Milliarder barçani koinot parvozlari narxini kamaytiriş ustida işlaşga çaqirdi. Bu esa öz navbatida koinot sayyohlari, yuzlab startaplar, vaznsizlikda işlab, pul topmoqçi bölganlar, koinot infratuzilmasini rivojlantirmoqçi va yangi, noodatiy şaroitlarda yaşaşni örganmoqçi bölganlarning paydo bölişiga imkon beradi.
Bezosning fikriça, köp marotaba işlatiş mumkin bölgan raketalar koinot parvozlarini arzonlaştirişdagi ilk qadam hisoblanadi va şu sababli kelajak SpaceX va Blue Origin kabi kompaniyalar qölidadir.












