Amerikaning General Motors kompaniyasining sobiq vitse-prezidenti Robert Lutts avtomobillar davri haqida keskin fikrini ilgari surmoqda. Avtomobil işlab çiqariş sohasida 47 yil işlagan mutaxassis bu davr poyoniga yetib borayotgani haqida söz yuritdi. Uning fikriça, yana 20 yildan keyin hamma «haydovçisiz modullar»da harakatlanadi, deb yozadi Futurism.

2010 yilda iste'foga çiqqan 85 yoşli Rob Lutts nima haqida söz yuritayotganini juda yaxşi tuşunadi. Unga köra, 120 yil insoniyatga xizmat qilgan avtomobil 20-asr boşlarida ot bilan bölgani kabi ommaviy foydalanişdan çiqib ketadi. 

«Avtomobil sanoati tezlaşayotgan egri özgariş ostonasida turibdi, — deydi u. — Kelajakda sayohat standartlaşgan muqobil modullarda böladi».

Lutts muqobil transport vositasiga 15-20 yil oraliğida ötiilişini kutmoqda. Avtomobillarning 20-30 foizi robotlaşganidan söng, hal qiluvçi pallalar boşlanadi. Jamiyat muqobil maşinalar xavfsizligiga işonç hosil qilganidan keyin ularni işlab çiqariş tezlaşadi, boşqariluvçi avtomobillar taqiqlanadi. 

Şuningdek, Luttsning fikriça, avtoişlab çiqaruvçilar öz modellarini brendlaştirmaydi va «avtomobil markasi» degan tuşunça iste'moldan çiqib ketadi. Muqobil harakatlanuvçi transport vositalarida ulardan foydalanayotgan kompaniyalarning logotiplari, masalan, Uber, Lyft, FedEx, UPS, Amazon va şu kabilar böladi, xolos. Avtomobil işlab çiqaruvçilar yana 10 yil raqobatga doş berişi mumkin, ammo 20 yildan keyin muqobil maşinalarga ötiş davri töliq yakunlanadi. 

RAND tadqiqot markaziga köra, haydovçidan 10 foizgaça xavfsizroq böladigan robomobillar yiliga 3 ming kişining umrini saqlab qolişi mumkin böladi.