AQŞning Texas ştatida Falcon 9 raketasi uçun möljallangan Merlin dvigatelining yangi modifikatsiyasi sinovlar vaqtida portlab ketgani ma'lum qilindi. Bu haqda The Washington Post naşri xabar berdi.

Voqea 5 noyabrda SpaceX kompaniyasining poligonida yuz bergan. Voqea oqibatida heç kim jabrlanmagan. Uşbu holat yuzasidan “batafsil va oçiq tergov boşlangan” va şu sababli bu turdagi dvigatellarning sinovlari vaqtinçalik töxtatib qöyilgan.

SpaceX vakilining aytişiça, uşbu avariya Falcon 9 raketalari parvoz jadvaliga ta'sir qilmaydi. SpaceX raketani yaqin orada kamida uç marta uçirmoqçi. Navbatdagi parvoz keyingi haftaga belgilangan.

Bu kompaniyaning raketalari bilan yuz berayotgan birinçi köngilsiz hodisa emas. 2016 yil sentabrida parvoz oldi sinovlari vaqtida SpaceX’ning parvoz maydonçasida Falcon 9’ning özi yonilği bilan töldirilayotgan vaqtda portlab ketgan. 2015 yil iyunida esa raketa parvozining 139-soniyasida portlab ketgan. Buning oqibatida Dragon yuk kemasi va 8 ta Flock 1f sun'iy yöldoşi yöqotilgan.