Xitoyning Leap Motor kompaniyasi özining ilk modeli aks etgan tizerni e'lon qildi. LP-S01 elektr sportkarining ilk taqdimoti joriy yil 10 noyabrda bölişi kutilmoqda. Ammo avtomobil 2019 yil martidan sotuvga çiqariladi, deb yozmoqda Car News China.
Elektrokar bir motorli agregat bilan jihozlanadi. U 170 ot kuçiga teng böladi. LP-S01 bir marta quvvatlangaç 360 km masofani ortda qoldira oladi. Maşina 100 km/s tezlikka 6,9 soniyada erişadi.

LP-S01 jihozlanişiga «intellektual boşqaruv tizimi», Wi-Fi multimedia tizimi, yuzni taniş orqali kalitsiz kiriş tizimi, maxsus mobil ilova orqali maşinani döst yoki oila a'zosiga taqdim etiş mumkin böladi.
Uning boşlanğiç narxi 30 160 dollar böladi. Davlat imtiyozi ayirib taşlansa, 16 590 dollarga aylanadi.
Leap Motor kompaniyasi 2017 yili taşkil etilgan. Uning boş qarorgohi Xitoyning Çjetszyan viloyatida joylaşgan. Zavod qurilişi va ilk modelni işlab çiqişga sarflangan investitsiya miqdori 380 mln dollarni taşkil etdi.











